Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonning Markaziy Osiyo davlatlari bilan savdo aylanmasi 7,5 mlrd dollarga yetdi
2022 yil yakuniga ko‘ra, O‘zbekistonning Markaziy Osiyo davlatlari bilan tashqi savdo hajmi 17,2 foizga o‘sib, 7,5 milliard AQSh dollariga yetdi.

Foto: Reuters
Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi ma’lumotiga ko‘ra, bu mamlakat umumiy savdo hajmining 15 foiziga teng bo‘lgan.
O‘zbekistonning Markaziy Osiyo mamlakatlariga eksporti 3,1 mlrd dollarni (o‘sish 15,4 foiz), importi esa 4,4 mlrd dollarni (o‘sish 18,6 foiz) tashkil etdi.
2022 yilning yanvar-dekabr oylari yakunida O‘zbekistonning Qozog‘iston bilan tashqi savdo aylanmasi 4,6 milliard dollarni (o‘sish 17,9 foiz) tashkil etib, eksport hajmi 1,4 milliard dollarga, import hajmi esa 3,2 milliard dollarga yetdi.
Qirg‘iziston bilan tashqi savdo aylanmasi 1,3 milliard dollarni (o‘sish 32,1 foiz) tashkil etib, eksport hajmi 979,3 million dollarga, import hajmi esa 280,7 million dollarga teng bo‘lgan.
Turkmaniston bilan tashqi savdo aylanmasi 926,3 million dollarni (o‘sish 2,7 foiz) tashkil etgan, eksport hajmi 194,8 million dollarni, import hajmi esa 731,5 million dollardan iborat bo‘lgan.
Tojikiston bilan tashqi savdo aylanmasi 674,4 million dollarni (o‘sish 11,4 foiz) tashkil etib, eksport hajmi 519,9 million dollarga, import hajmi esa 154,5 million dollarga yetgan.
O‘zbekistonning Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan savdo aylanmasidagi eng katta ulush Qozog‘istonga to‘g‘ri keladi – 62 foiz. Qirg‘iziston 17 foiz, Turkmaniston 12 foiz va Tojikiston 9 foizdan iborat bo‘lgan.
Mavzuga oid

09:22
"Markaziy Osiyo – Markaziy Amerika" ekspertlar platformasi yaratiladi

11:40 / 24.07.2025
O‘limlar, iqtisodiy yo‘qotish va katta xarajatlar – anomal ob-havo Markaziy Osiyoga jiddiy xavf solmoqda

09:21 / 23.07.2025
Elektromobillar savdosining eng katta o‘sishi qaysi hududda qayd etilgani ma’lum bo‘ldi

08:22 / 08.07.2025