Nukusda qutqaruvchilar portlagan uy vayronalari ostidan 5 yoshli qizni chiqarib oldi
Nukus shahridagi gaz portlagan 4 qavatli uy vayronalaridan bir kishi jasadi topildi va 5 yoshli qiz qutqarib qolindi.

Foto: Videodan kadr
Nukus shahrida ko‘p qavatli uyda gaz portlashi oqibatida kamida bir kishi halok bo‘lgan. FVV matbuot xizmati holat yuzasidan qo‘shimcha ma’lumot berdi.
Unga ko‘ra, yuzaga kelgan kinetik zarba natijasida bino konstruksiyalariga qisman shikast yetgan. Zudlik bilan voqea joyiga FVV qutqaruvchilari va tegishli idoralar xodimlari yetib borib, qidiruv-qutqaruv va binoning qulagan konstruksiyalarini tozalash ishlarini amalga oshirmoqda.

Olib borilgan qidiruv-qutqaruv ishlari davomida vayronalar ostida qolib ketgan 5 yoshli qiz turli darajadagi jarohatlar bilan qutqaruvchilar tomonidan chiqarib olinib, malakali tibbiy yordam ko‘rsatish uchun shifoxonaga yuborilgan.
Bino konstruksiyalari orasidan qidiruv-qutqaruv ishlari olib borish jarayonida bir nafar fuqaroning jasadi topilgan.
Ayni vaqtda binoning konstruksiyalarini tozalash ishlari davom etmoqda.
Voqea yuzasidan qo‘shimcha ma’lumot taqdim etilishi aytildi.
Bundan avvalroq ushbu portlash vaqtida jarohatlangan ikki kishi shifoxonaga yotqizilgani xabar qilingandi.
Mavzuga oid

21:32 / 19.05.2025
Boysunning kelajagi nima bo‘ladi? FVV mas’uli izoh bera olmadi

12:02 / 11.05.2025
Samarqanddagi uyda gaz portlashi qurbonlari soni oshdi

17:00 / 03.05.2025
Norin daryosidagi orolchada qolib ketgan quruvchilar qutqarildi

16:35 / 06.04.2025