Shaharlararo avtobuslarga chipta sotib olish imkonini beruvchi mobil ilova ishga tushirildi
UzBus ilovasi shaharlararo qatnovlar uchun elektron chipta sotib olish imkonini beradi.

Foto: Transport vazirligi axborot xizmati
Toshkent avtovokzalidan viloyatlarga qatnovchi avtobuslarga chiptani onlayn sotib olish imkonini beruvchi UzBus mobil ilovasi ishga tushirildi. Bu haqda Transport vazirligi xabar berdi.
Mobil ilova orqali yo‘lovchilar shaharlararo qatnovlar uchun elektron chipta sotib olishi, avtobusdagi joyni tanlashi, to‘lovni istalgan bank kartasi orqali amalga oshirishi mumkin.
Shuningdek, yo‘lovchilar mobil ilova yordamida «Toshkent» avtovokzalidan amalga oshirilayotgan shaharlararo va xalqaro yo‘nalishlardagi qatnovlar jadvali bilan real vaqt rejimida tanishish imkoniyatiga ham ega.
Qayd etilishicha, UzBus mobil ilovasi orqali Buxoro – Toshkent yo‘nalishidagi avtobus qatnovlariga ham chiptani elektron shaklda sotib olish mumkin. Boshqa viloyatlardan Toshkent shahriga amalga oshiriluvchi qatnovlar uchun elektron chipta xarid qilish imkoniyati bosqichma-bosqich joriy etilishi aytilmoqda.
Toshkent avtovokzalidan Zarafshon, Zarmitan, Jo‘sh, Buxoro, Xatirchi, Uchquduq, Samarqand, Mirbozor, Qiziltepa, Qarshi, Konimex, Urganch, Uzun, Termiz, Xiva, Denov shaharlariga qatnovlar amalga oshiriladi.
UzBus mobil ilovasini Google Play orqali yuklab olish mumkin.
Mavzuga oid

19:02 / 22.05.2025
Rossiyada xitoylik va o‘zbekistonlik ishchilar ommaviy mushtlashdi

15:26 / 21.05.2025
Chexiya O‘zbekiston transport infratuzilmasi modernizatsiyasida ishtirok etadi

14:10 / 14.05.2025
O‘zbekiston va Eron 1 mlrd dollarlik loyiha portfeli va savdo kelishuvlarini shakllantirdi

22:24 / 12.05.2025