Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonliklar uchun Qozog‘istonda ro‘yxatdan o‘tmasdan qolish muddati 30 kungacha uzaytirildi
O‘zbekiston va Qozog‘iston hukumatlari o‘rtasida o‘rtasidagi "Fuqarolar o‘zaro kelib-ketish shartlari to‘g‘risida"gi bitimga o‘zgartirish kiritildi.

Ostona shahri / Foto: britannica.com
Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi xabariga ko‘ra, O‘zbekiston fuqarolarining ushbu davlatga kirishi, bo‘lishi va chiqib ketishi tartibi o‘zgardi.
Endilikda, O‘zbekiston fuqarolari chegarani kesib o‘tgan kundan boshlab 30 kalendar kun davomida Qozog‘istonda ro‘yxatdan o‘tmasdan bo‘lishi mumkin.
Ammo, umumiy bo‘lish muddati 180 kalendar kuni davomida 90 kalendar kundan, ya’ni 6 oy davomida 3 marta kirib-chiqishi va jami bo‘lish muddati 3 oydan ko‘p bo‘lmasligi kerak.
Ushbu yangi qoida Qozog‘istonga 2023 yil 27 yanvardan keyin kirgan shaxslarga nisbatan qo‘llaniladi.
Qozog‘istonga ishlash maqsadida boruvchi O‘zbekiston fuqarolari uchun 1 oy davomida ish beruvchi bilan mehnat shartnomasini tuzgach, uni Xalqqa xizmat ko‘rsatish markazida ro‘yxatga kiritib, 3 oy muddat uchun ruxsatnoma olish yoki salohiyatli ish beruvchilar tomonidan kvota asosida ishga jalb qilish tartibi mavjud.
Mavzuga oid

20:23 / 03.08.2025
Qozog‘iston janubida 40 gektar maydonda yuz bergan yong‘in o‘chirildi

19:08 / 03.08.2025
Qozog‘iston Afg‘onistonga yordam ko‘rsatishda davom etadi – To‘qayev

18:33 / 31.07.2025
Qozog‘istondagi ikkinchi va uchinchi AES Xitoy tomonidan quriladi

15:17 / 24.07.2025