Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Erdo‘g‘an Shvetsiyaning NATO a’zosi bo‘lishini qo‘llab-quvvatlash shartini aytdi
Turkiya prezidenti hukmron partiyaning parlamentdagi fraksiyasi yig‘ilishida nutq so‘zladi.

Foto: Reuters
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an Shvetsiyaga NATO a’zosi bo‘lish uchun «bekorga vaqt sarflamaslikni» tavsiya qildi.
Turkiyaning hukmron Adolat va taraqqiyot partiyasining parlamentdagi fraksiyasi yig‘ilishida so‘zga chiqqan Erdo‘g‘an Anqarada shunday dedi: «Biz uchun muqaddas kitob Qur’onni yoqib yuborish kabi harakatlarga Shvetsiyada ruxsat berilar ekan, biz Stokholmning Alyansga qo‘shilish haqidagi arizasiga «ha» deb javob bermaymiz».
Turkiya rahbarining so‘zlariga ko‘ra, Shvetsiyadan farqli ravishda Anqaraning Finlyandiya arizasiga munosabati ijobiy.
«Bizning Helsinki taklifiga munosabatimiz ijobiy, lekin Shvetsiyaning murojaatiga nisbatan salbiy. Shuning uchun Stokholm [NATO a’zosi bo‘lishga urinib] bekorga vaqt sarflamasligi kerak», dedi Turkiya rahbari.
Mavzuga oid

15:15 / 08.07.2025
Yevropaning eng yirik porti Rossiya bilan urushga tayyorlanmoqda – OAV

13:45 / 08.07.2025
Latviya Germaniyaning YeI va NATOdagi roli kuchayganini olqishladi

22:21 / 07.07.2025
Turkiyada otishmada o‘zbekistonlik ayol halok bo‘ldi

20:38 / 07.07.2025