Shavkat Mirziyoyev transformator ishlab chiqariladigan korxonaga bordi
Mahalliy transformator ishlab chiqarishni rivojlantirish – barqaror elektr ta’minotining muhim omili ekani ta’kidlandi.

Foto: Prezident matbuot xizmati
Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkentdagi «Aysel Energy» mas’uliyati cheklangan jamiyati faoliyati bilan tanishdi.
«Ma’lumki, bu yilgi qish ancha sovuq bo‘lgani elektr energiyasi tizimidagi muammolarni yaqqol yuzaga chiqardi. Xususan, ayrim eski transformatorlar yuklanishni ko‘tara olmay, elektr ta’minotida uzilishlar kuzatildi.
Shavkat Mirziyoyev soha mutasaddilariga elektr tarmoqlarini yangilash, zarur jihozlar ishlab chiqarishni kengaytirish bo‘yicha topshiriqlar bergan edi. Bu tashrif o‘sha vazifalar ijrosi, kelgusida energetik muammolarning oldini olishga qaratilgan ishlarning bir qismi bo‘ldi», deyiladi prezident matbuot xizmati xabarida.
«Aysel Energy» yiliga 10 ming dona yirik elektr uskunalari ishlab chiqarish quvvatiga ega. Turkiya texnologiyasi o‘rnatilgan korxonada mahalliylashtirish darajasi 70 foizga yetgan. Natijada mahsulot ishlab chiqarish tannarxi va o‘rnatish xarajati kam. Bu eskirgan transformatorlarni nafaqat poytaxtda, balki butun respublikada yangilash imkonini beradi.
Mutasaddilar bu yil O‘zbekistonda 3 ming 200 ta transformator, 12 ming kilometr kabellarga zarurat borligi haqida axborot berdi. Prezident import tahlilidan kelib chiqib, ishlab chiqarish hajmini oshirish, mahalliy mahsulotlarga buyurtmalarni ko‘paytirish muhimligini ta’kidladi.
Umuman, energetika sohasidagi bunday ishlar elektr tarmoqlarining barqarorligini oshirishda muhim omil bo‘lishi ta’kidlandi.
Tavsiya etamiz
Ish staji yetarli bo‘lmasa ham pensiya tayinlanadimi?
O‘zbekiston | 10:03 / 31.05.2025
Eng ko‘p tug‘ilish qayd etilgan hudud ma’lum qilindi
O‘zbekiston | 11:34 / 30.05.2025
Alonso «Real»da. Endi kim o‘zgaradi – klub yoki murabbiy?
Sport | 11:37 / 29.05.2025
Chet ellik jangchilar, xususan o‘zbeklar Suriyadan quviladimi?
Jahon | 21:35 / 28.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
O‘zbekistonda ekologiya muhofazasi bo‘yicha Markaziy Osiyo tadqiqot markazi tashkil etiladi
O‘zbekiston | 08:37
-
Isroil gumanitar yordam yuklangan 3000 ta yuk mashinasining G‘azoga kirishini to‘sib qo‘ydi
Jahon | 08:15
-
Farg‘onada bank mas’ullari va hokim yordamchilarining qing‘ir ishlari aniqlandi
Jamiyat | 08:00
-
«Pautina» operatsiyasi aniq tarix darsliklariga kiritiladi - Zelenskiy
Jahon | 00:20
Mavzuga oid

19:47 / 11.05.2025
Toshkentda elektr tarmoqlar korxonasining ikki xodimi 10 ming dollar bilan qo‘lga tushdi

09:17 / 14.04.2025
9 ta xonadon uchun transformator o‘rnatib berishni va’da qilgan shaxs ushlandi

10:24 / 03.01.2024
Jizzaxda Gentra transformatorga urilib, aholini chiroqsiz qoldirdi

18:47 / 31.10.2023