ISW: Rossiya Luhansk viloyatida katta hujum boshladi
Urushni o‘rganish instituti (ISW) ma’lumotlariga ko‘ra, Rossiya qo‘shinlari Ukrainada tashabbusni tiklab, Luhansk viloyatida yirik hujum boshladi.

Foto: YURI SMITYUK/TASS
ISW’ning so‘nggi tahliliy sharhida aytilishicha, so‘nggi bir hafta ichida Rossiyaning Luhansk viloyati g‘arbidagi Svatovo-Kremennaya liniyasi bo‘ylab operatsiyalari sur’ati sezilarli darajada oshgan.
«Rossiya harbiy qo‘mondonligi Svatovo-Kremennaya chizig‘i bo‘ylab hal qiluvchi hujum operatsiyalarini o‘tkazish uchun bir necha oddiy diviziyalar bo‘linmalarini to‘liq jalb qilgan ko‘rinadi», - deydi harbiy tahlilchilar.
76-havo-desant diviziyasi va Janubiy harbiy okrugning aniqlashtirilmagan bo‘linmalari tomonidan qo‘llab-quvvatlangan 144- va 3-motoo‘qchilar diviziyalarining bir nechta polklari va 90-tank diviziyasining polklari butun Svatovo-Kremennaya chizig‘i bo‘ylab oldinga siljishmoqda va xabarlarga ko‘ra, Ukraina mudofaasini o‘rab olmoqda, deb yozadi institut mutaxassislari.
Qayd etilishicha, bu hududdagi hujum operatsiyalarida kamida uchta yirik Rossiya diviziyasining muhim bo‘linmalari mavjudligi, hatto Ukraina kuchlari dushmanga yirik muvaffaqiyatga erishishga yo‘l qo‘ymagan bo‘lsa ham, Rossiya hujumi boshlanganidan dalolat beradi.
Shu bilan birga, ISW Rossiya kuchlarining oldinga siljishi hali to‘liq miqyosli emas deb hisoblaydi, chunki yanvar oyida Belarusdan Luhansk viloyatiga ko‘chirilgan 2-motoo‘qchilar diviziyasi bu operatsiyaga jalb etilmadi.
Mavzuga oid

14:23
Z-kanallar Bundesver yuk mashinalari yonayotgani aks etgan videoni e’lon qildi

13:29
FSB rossiyalik olimlar orasida «xitoylik josuslarni» qidirmoqda

12:22
Hindiston va Rossiya S-400 ZRK va boshqa qurollarni yetkazib berishni muhokama qildi

11:47