O‘zbekiston | 11:03 / 10.02.2023
8738
1 daqiqa o‘qiladi

Shavkat Mirziyoyev Jizzax viloyatiga tashrif buyuradi 

Bugun, 10 fevral kuni prezident Shavkat Mirziyoyev Jizzax viloyatiga tashrif buyuradi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar qildi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Prezident qator iqtisodiy va ijtimoiy obektlar faoliyati bilan tanishishi, aholi bilan muloqot qilishi kutilyapti.

Bundan tashqari, viloyatni rivojlantirishning dolzarb masalalarini muhokama qilish rejalashtirilgan.

Mavzuga oid