Toshkentda orqaga harakatlangan "Kaptiva"ning urib yuborishi oqibatida 2 yoshli bola vafot etdi
Yunusobod tumanida piyoda bilan bog‘liq yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda poytaxt IIBB xabar qilmoqda.

Foto: IIBB
2023 yilning 14 fevral kuni taxminan soat 16:00 larda Beltepa mahallasi 32-B uy qarshisida 1968 yilda tug‘ilgan haydovchi "Kaptiva" rusumli avtomashinasida orqaga harakatlanayotib, voyaga yetmagan, 2021 yilda tug‘ilgan bolani urib yuborgan.
Yo‘l-transport hodisasi natijasida bola olgan tan jarohatlari sababli voqea joyida vafot etgan.
Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi («Transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish») bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid

11:26 / 24.06.2025
Qibrayda yo‘lovchi tashuvchi avtobus YTHga uchradi

20:28 / 18.06.2025
Xorazmda Tico ag‘darilib, 18 yoshli yigit halok bo‘ldi

11:22 / 18.06.2025
Urgutda sud raisi YTH qurboni bo‘ldi

18:12 / 15.06.2025