Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoy aviakompaniyasi Guanchjoudan O‘zbekistonga to‘g‘ridan to‘g‘ri qatnovlar amalga oshirmoqchi
O‘zbekiston Bosh konsulligi xodimlari China Southern Airlines aviakompaniyasi bosh direktorining o‘rinbosari Siao Yong bilan muzokara o‘tkazdilar, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri.

Foto: Twitter / China Southern Airlines
Muloqot chog‘ida Xitoy kompaniyasi vakiliga O‘zbekistonning sayyohlik salohiyati va ikki davlat o‘rtasida mavjud savdo aloqalari haqidagi batafsil ma’lumotlar taqdim etilgani barobaridagi sayyohlik yo‘nalishida hamkorlik, yangi aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘yish masalalari atroflicha muhokama qilindi.
Ikki tomonlama savdo-iqtisodiy aloqalarni yanada rivojlantirish, turizm yo‘nalishida hamkorlikni chuqurlashtirish va Janubiy Xitoydan sayyohlar oqimini ko‘paytirishga xizmat qiladigan «Guanchjou-Toshkent-Guanchjou» va «Guanchjou-Samarqand-Guanchjou» yo‘nalishlarida havo qatnovlarini amalga oshirish taklifi bildirildi.
China Southern Airlines kompaniyasi bosh direktorining o‘rinbosari Siao Yong kompaniya hozirgi kunda «Urumchi-Toshkent-Urumchi» yo‘nalishida parvozlarni yo‘lga qo‘yganini hamda joriy yil yoz faslidan boshlab «Pekin-Toshkent-Pekin» aviaqatnovlarini amalga oshirish rejasi borligini ma’lum qildi.
Mavzuga oid

23:34 / 06.08.2025
Modi 7 yil ichida birinchi marta Xitoyga tashrif buyuradi

20:15 / 06.08.2025
Xitoyda Chikungunya virusi bilan kasallanish holatlari 7000 dan oshdi

21:08 / 05.08.2025
“Chikungunya bezgagi O‘zbekistonda tarqalmaydi” – Sanepidqo‘mita

14:22 / 05.08.2025