Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qo‘shko‘pirda birinchi marta buyrak transplantatsiyasi amaliyoti o‘tkazildi
Singil akasiga donorlik qildi.

Foto: Sog‘liqni saqlash vazirligi
Xorazm viloyati Qo‘shko‘pir tumanida Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi mutaxassislari boshchiligida ilk bor buyrak transplantatsiyasi amaliyoti o‘tkazildi. Bu haqda SSV matbuot xizmati xabar bermoqda.
Bemor Zafar Xaitboyevga surunkali glomerulonefritning aralash turi, surunkali buyrak yetishmovchiligi terminal bosqichi tashxisi qo‘yilgan. O‘tgan yildan beri gemodializ muolajalarini olgan.
Zafar Xaitboyev Toshkent shahriga borib, murakkab operatsiya orqali sog‘aymoqchi bo‘lgan. Poytaxtdagi Xirurgiya markazi jarrohlarining o‘zi Qo‘shko‘pirga kelib, transplantatsiya amaliyotini o‘tkazgan.
Bemorga singlisi bir buyragini bergan. Yuqori texnologik muolaja muvaffaqiyatli o‘tgan. Hozir Zafarning ham, donorning ham ahvoli yaxshi, shifokorlar nazorati ostida salomatligi tiklanmoqda.
Mavzuga oid

19:31 / 08.07.2025
Urganchda ikki o‘smir ko‘p qavatli uy tomidan qulab halok bo‘ldi

19:00 / 04.07.2025
8–10 avgust kunlari Xiva shahrida an’anaviy “Qovun sayli” bo‘lib o‘tadi

19:53 / 03.07.2025
Yangiariqda ushlangan sudya ishi yuzasidan qo‘shimcha ma’lumot berildi

11:51 / 23.06.2025