Tog‘li Qorabog‘da qurolli to‘qnashuv ro‘y berdi
Tog‘li Qorabog‘da mahalliy politsiyachilar va ozar harbiylari o‘rtasida to‘qnashuv ro‘y berdi. Ikki tomon ham qurbonlar haqida xabar qilgan.

Foto: police.nk.am
Tog‘li Qorabog‘da tan olinmagan respublika politsiyasi xodimlari va Ozarboyjon harbiylari o‘rtasida otishma sodir bo‘ldi. Ikki tomondan ham qurbonlar va yaralanganlar borligi xabar qilingan.
Ozarboyjon mudofaa vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, 5 mart kuni ozarboyjonlik harbiy xizmatchilar
go‘yoki Armanistondan Tog‘li Qorabog‘ga qurol, o‘q-dori, shaxsiy tarkib va minalar olib ketayotgan transport vositasini tekshirishgan. Unga qarata o‘t ochilgan, qurbonlar va yaralanganlar bor. Qurbonlar soniga aniqlik kiritilmagan.
O‘z navbatida, Tog‘li Qorabog‘ politsiyasi Ozarboyjon armiyasi «diversiya guruhi» politsiyaning pasport-viza boshqarmsi xodimlari navbatchi avtomobilini o‘qqa tutgani haqida xabar bergan. Natijada uch ofitser halok bo‘lgan, yana biri yaralangan. Politsiya ofitserlar qurol tashish bilan shug‘ullanmagani, balki xizmat joyiga ketayotgan bo‘lganini qo‘shimcha qilgan.
«Ozarboyjon diversiya guruhi yo‘l yoqasidagi o‘rmonzorda pistirma qo‘ygan va shu yerdan avtomobilga hujum qilgan. Politsiya xodimlari hamda yaqin atrofdagi pozitsiyada turgan Mudofaa armiyasi harbiy xizmatchilarining o‘zini mudofaa qilsh va javob qaytarish harakatlari natijasida Ozarboyjon tomoni ham qurbonlar berib, oldingi pozitsiyalariga chekingan», — deyilgan Tog‘li Qorabog‘ politsiyasi bayonotida.
Idora shuningdek «Ozarboyjon mudofaa vazirligi bayonoti yolg‘onligini rad etib bo‘lmas darajada isbotlovchi» videoyozuvni namoyish etgan.
- Ma’lumot uchun, Tog‘li Qorabog‘ aholisi 80 kundan oshiq vaqt davomida blokada sharoitida yashamoqda, bunga tan olinmagan respublikani Armaniston bilan bog‘lovchi Lochin yo‘lagi o‘zini ekofaollar deb atagan Ozarboyjon fuqarolari tomonidan to‘sib qo‘yilishi sabab bo‘lmoqda. Boku namoyishchilarni qo‘llab-quvvatlagan, ammo Qorabog‘ni tashqi dunyodan ajratib qo‘ymoqchi emasligini ta’kidlagan. Shunga qaramay, blokada tufayli regionda oziq-ovqat, tibbiy yordam, gaz va elektr bilan bog‘liq muammolar yuzaga kelgan.
Tavsiya etamiz
Ish staji yetarli bo‘lmasa ham pensiya tayinlanadimi?
O‘zbekiston | 10:03 / 31.05.2025
Eng ko‘p tug‘ilish qayd etilgan hudud ma’lum qilindi
O‘zbekiston | 11:34 / 30.05.2025
Alonso «Real»da. Endi kim o‘zgaradi – klub yoki murabbiy?
Sport | 11:37 / 29.05.2025
Chet ellik jangchilar, xususan o‘zbeklar Suriyadan quviladimi?
Jahon | 21:35 / 28.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Rossiyada terrorchilar uchun o‘lim jazosini joriy etish taklif qilindi
Jahon | 19:01
-
FVV 7 magnitudali zilzila bo‘lishi haqidagi xabarlarni rad etdi
O‘zbekiston | 18:54
-
AQShda yuk mashinasi ag‘darilishi oqibatida 250 mln asalari uchib ketdi
Jahon | 18:51
-
Mask ishdan ketdi, Suriyada IShID, Osiyoda koronavirus faollashdi – hafta dayjesti
Jahon | 18:24
Mavzuga oid

18:41 / 17.04.2024
Rossiya tinchlikparvar kuchlari Tog‘li Qorabog‘ni tark etishni boshladi

00:24 / 03.11.2023
Ozarboyjon o‘z qo‘shinlarini Armaniston chegarasidan olib ketdi

22:05 / 17.10.2023
Ozarboyjon prezidenti Qorabog‘ mojarosi mavzusi abadiy yopilganini aytdi

23:05 / 04.10.2023