Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ukrainaning qarshi hujumi may oyida boshlanishi mumkin
Ukraina qo‘shinlarining qarshi hujumi may oyida boshlanishi mumkin, deb hisoblaydi Amerikaning Politico nashri AQSh rasmiy shaxslari ma’lumotlariga asoslanib.

Foto: AP
Qayd etilishicha, Kiyevdagi rahbariyat hozircha operatsiya strategiyasini aniqlamagan, biroq ikkita variant bor.
Birinchi holda, janubga - Xerson orqali Qrimga hujum qilish varianti ko‘rib chiqilyapti. Ikkinchi ssenariy shimoldan sharqqa, keyin esa janubga, quruqlikdagi ko‘prikni to‘sib qo‘yishni o‘z ichiga oladi.
Shu bilan birga, Politico manbalari ikkinchi variantni real holatga yaqinroq deb hisoblamoqda, chunki Rossiya armiyasi Dnipro daryosining sharqiy qirg‘og‘ida mudofaani kuchaytirgan, Ukraina Qurolli kuchlarida esa muvaffaqiyatli desant operatsiyasi uchun yetarli kuch yo‘q.
Bundan oldin 2023 yilning fevralidagi shiddatli janglar davomida Rossiya qo‘shinlari butun oy davomida bor-yo‘g‘i 233,94 kvadrat kilometr maydonni egallab olishga muvaffaq bo‘lgani, bu Ukraina hududining 0,039 foiziga to‘g‘ri kelishi xabar berilgandi.
Amerika urushni o‘rganish instituti (ISW) 14 mart kuni ma’lum qilishicha, ayni paytda, fevral oyida Rossiya o‘zi avval e’lon qilgan yangi hujumni boshladi va kichik yutuqlar evaziga minglab askarlari va ko‘p sonli qurollarini yo‘qotmoqda. O‘z hisob-kitoblarida tahlilchilar 31 yanvardan 28 fevralgacha bo‘lgan kartografik ma’lumotlarga asoslangan.
O‘z navbatida, War Mapper guruhining ta’kidlashicha, fevral oyida Rossiya bosib olingan hududni 85 kvadrat kilometrga oshirdi, bu Ukraina butun hududining 0,01 foiziga teng. «Rossiya bu kichik hududni minglab askarlari va harbiy texnikasini yo‘qotganidan keyin qo‘lga kiritdi», deb ta’kidlaydi nashr.
Mavzuga oid

13:37
AQSh Ukrainaga ayrim turdagi qurollarni yetkazib berishni qayta tikladi

10:20
Rossiya Kiyevga dronlar va ballistik raketalar bilan hujum qildi

07:45
YeI Ukraina budjetiga 19 mlrd yevroni yo‘naltirish imkonini izlamoqda

07:13