Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xonlik zodagonlarining avlodlari yashaydigan shahar - Xiva
“Manzil” – O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qilib, turfa xil go‘shalarning tabiati va insonlar yashash tarzining o‘ziga xosligini ko‘rsatib keladi. Bu safar hech bir viloyatga o‘xshashi yo‘q, udumlari, shevasi, hatto taomlari ham o‘zgacha bir olam bo‘lgan Xorazm va uning Xiva shahrini ko‘rsatishga qaror qildik.

Xorazm eng avvalo shevasining ajoyibligi bilan ajralib turadi. Misol uchun, al so‘zi – qo‘l, zangi – narvon, nishatajaksan – nima qilmoqchisan, yejashdim – hazillashdim, chorak – non degani.
Xorazmning tumanlari orasida shevalarda ham katta farq bor. Xiva bilan Gurlan tumani shevasi bir-biridan katta farq qiladi. Lekin bu muhitda yashamagan inson uchun shevaning quloqqa eshitilishi juda yoqimli.
Xorazmliklar xom go‘sht yeydi, desam ishonasizmi? Xivada tayyorlanishini ko‘rgan va tatib ko‘rgan eng g‘aroyib taomim ijjan bo‘ldi. Buning tayyorlanish jarayoniga guvoh bo‘lmagan odam xom go‘shtni qanday yeyish mumkin, deb o‘ziga savol beradi.
Aslida Xorazmda ko‘plab ajoyibotlar bor. Ularni eshitishdan ko‘ra ko‘rish afzal. “Manzil”ning yangi sonida o‘zingiz guvoh bo‘ling.
Tohirjon Tursunov,
Kun.uz'ning “Manzil” loyihasi uchun maxsus
Mavzuga oid

19:31 / 08.07.2025
Urganchda ikki o‘smir ko‘p qavatli uy tomidan qulab halok bo‘ldi

19:00 / 04.07.2025
8–10 avgust kunlari Xiva shahrida an’anaviy “Qovun sayli” bo‘lib o‘tadi

21:28 / 03.07.2025
Turkiyada oqsim kasalligi tarqaldi

19:53 / 03.07.2025