Amudaryoda yangi qurilayotgan temiryo‘l ko‘prigining bir qismi qulab tushdi
Bu Qoraqalpog‘iston va Xorazmni bog‘lovchi, Amudaryo ustidan o‘tuvchi ko‘prikka olib boruvchi temiryo‘l ko‘prigi hisoblanadi. Loyiha buyurtmachisi «O‘zbekiston temiryo‘llari» AJ, bosh loyihachi «Boshtransloyiha» AJ, bosh pudratchi «O‘zbekiston temiryo‘llari» AJning tarkibiy bo‘linmalari hisoblanadi.

Foto: Telegram / @uzb_meteo
Qoraqalpog‘istonning Amudaryo tumanida 23 mart kuni yangi qurilayotgan temiryo‘l ko‘prigining bir qismi qulab tushdi.
Bu Amudaryo ustidan o‘tuvchi ko‘prikka olib boruvchi temiryo‘l ko‘prigi hisoblanadi. Ko‘prik qismining qulashiga olib keluvchi sabab aniq emas.
Tuman hokimligi holat yuzasidan munosabat bildirdi. Qayd etilishicha, Shavkat Mirziyoyevning Xorazm viloyatiga tashrifi davomida Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatini bog‘lovchi Amudaryo ustiga avtomobil va temiryo‘l qo‘shma ko‘prigini qurish ishlari boshlangan.
Yangi ko‘prik qurilishi loyihasiga buyurtmachi etib «O‘zbekiston temiryo‘llari» aksiyadorlik jamiyati, bosh loyihachi etib «Boshtransloyiha» aksiyadorlik jamiyati, bosh pudratchi etib «O‘zbekiston temiryo‘llari» aksiyadorlik jamiyatining tarkibiy bo‘linmalari belgilangan.
Amudaryo tumani hududidan Xorazm viloyati hududiga temiryo‘l transporti tarmog‘ini yo‘lga qo‘yish maqsadida Amudaryo tumani hududining shimoliy qismidan o‘tuvchi A-380 G‘uzor–Buxoro–Nukus–Beynev avtomobli yo‘lining 717–718-kilometr oralig‘idan osma ko‘prik o‘tkazilgan.
Ushbu ko‘prikka 14-sonli ko‘prik qurilish otryadi tomonidan vaqtinchalik tayanch balkalar o‘rnatilgan. Mazkur balkalar ko‘prik qurilishida vaqtinchalik vazifa bajaruvchi, yordamchi vosita hisoblanadi. Hodisa oqibatida hech kim jabr ko‘rmagan.
Hozirda ushbu holatga oydinlik kiritish maqsadida Toshkent shahridan tegishli mutaxassislar va laboratoriya xodimlari chaqirilgan.
Tavsiya etamiz
Ish staji yetarli bo‘lmasa ham pensiya tayinlanadimi?
O‘zbekiston | 10:03 / 31.05.2025
Eng ko‘p tug‘ilish qayd etilgan hudud ma’lum qilindi
O‘zbekiston | 11:34 / 30.05.2025
Alonso «Real»da. Endi kim o‘zgaradi – klub yoki murabbiy?
Sport | 11:37 / 29.05.2025
Chet ellik jangchilar, xususan o‘zbeklar Suriyadan quviladimi?
Jahon | 21:35 / 28.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
O‘zbekiston Buyuk Britaniya bilan JSTga a’zo bo‘lish bo‘yicha ikki tomonlama muzokaralarni yakunladi
O‘zbekiston | 16:47
-
Misrdan gepatitga qarshi dorining 2025 yildagi ilk partiyasi olib kelindi
O‘zbekiston | 16:43
-
Isroil tanklari G‘azodagi yordam tarqatish markazini o‘qqa tutdi: 26 kishi halok bo‘ldi
Jahon | 16:38
-
“Saviyasiz millat o‘zini o‘zi yo‘q qiladi” – Qozoqboy Yo‘ldoshev
Jamiyat | 15:21
Mavzuga oid

07:53 / 30.05.2025
DXX Xorazm va Sirdaryoda firibgarlik holatlarini aniqladi

12:33 / 02.05.2025
«Bunda xorijiy turist u yoqda tursin, mahalliy sayyoh ham boshqa davlatga borishni afzal ko‘radi» - prezident chiptalar narxi haqida

15:41 / 01.05.2025
Prezident Al-Xorazmiy shaharchasining qurilishini ko‘zdan kechirdi

20:24 / 02.04.2025