Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston Rossiyaga qariyb 500 mln dollarlik mahsulotlar sotdi
O‘zbekiston eksportidagi top-10 davlatlar ma’lum qilindi.
2023 yilning yanvar-fevral oylarida O‘zbekiston eksportida yuqori ulushga ega bo‘lgan hamkor davlatlar to‘g‘risida ma’lumot berildi.
Statistika agentligining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, ko‘rsatilgan davrda O‘zbekiston eksportida eng yuqori ko‘rsatkich Rossiya bilan qayd etilgan – 454 mln dollar.
Undan keyingi o‘rinlardan mos ravishda 222,7 mln hamda 184 mln dollar mahsulotlar eksport qilingan Turkiya va Xitoy joy oldi.
Ushbu ko‘rsatkich qolgan davlatlar kesimida quyidagicha ko‘rinishga ega:
- Qozog‘iston – 158 mln;
- Qirg‘iziston – 129 mln;
- Afg‘oniston – 109 mln;
- Tojikiston – 70,5 mln;
- Fransiya – 60,3 mln;
- Pokiston – 30,3 mln;
- BAA – 29,3 mln AQSh dollari.
Avvalroq O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasidagi top-10 davlatlar to‘g‘risida ma’lumot berilgandi.
2023 yilning yanvar-fevral oylarida O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasida Rossiya eng yuqori ulush bilan birinchi o‘rinni egalladi– 1,4 mlrd dollar.
Undan keyingi o‘rinlardan o‘zaro tashqi savdo aylanmasi mos ravishda 1,3 mlrd dollar hamda 699 mln dollar bo‘lgan Xitoy va Qozog‘iston joy oldi.
Mavzuga oid

08:18
AQSh sobiq davlat kotibi Rays Trampning Rossiyaga ultimatumini qo‘llab-quvvatladi

00:39
Zelenskiy Rossiya bilan yangi muzokaralar sanasini aytdi

23:12 / 21.07.2025
Yevropa Ittifoqining 18-sanksiyalar paketi Rossiyaga qanday ta’sir qiladi?

20:51 / 21.07.2025