Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Avstriya federal prezidenti O‘zbekistonga tashrif buyurishi rejalashtirilyapti

Foto: TIV axborot xizmati
O‘zbekistonning Avstriyadagi elchisi Abat Fayzullayev Avstriya federal prezidentining tashqi siyosat bo‘yicha maslahatchisi Gerta Fogl bilan uchrashuv o‘tkazdi, deb xabar bermoqda “Dunyo”.
Uchrashuvda O‘zbekiston va Avstriya o‘rtasidagi siyosiy, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar hamkorlik aloqalarini rivojlantirishning yangi istiqbolli yo‘nalishlari atroflicha muhokama qilindi.
G.Fogl so‘nggi yillarda O‘zbekiston va Avstriya o‘rtasidagi ikki tomonlama aloqalar yangi darajaga ko‘tarilganligini ta’kidlar ekan, Avstriya ishbilarmon doiralari vakillarining O‘zbekistonda faoliyat yuritishga qiziqishi tobora ortib borayotganini qayd etdi.
Tomonlar uchrashuv doirasida Avstriya federal prezidenti Aleksandr Van der Bellenning O‘zbekistonga oliy darajadagi tashrifini amalga oshirish masalasini ham muhokama qildi.
G.Fogl O‘zbekiston Avstriyaning siyosiy aloqalarni rivojlantirish bo‘yicha ustuvor davlatlar ro‘yxatiga qo‘shilganini alohida ta’kidlar ekan, buning asosiy omillari sifatida O‘zbekistonda so‘nggi yillarda amalga oshirilgan islohotlar, mamlakatda yangi tashkil etilgan tashqi siyosiy faoliyat hamda O‘zbekistonning Markaziy Osiyo mintaqasidagi yetakchilik o‘rnini qayd etdi.
Xorij tomoni tashrif doirasida Avstriya yirik ishbilarmon doiralari vakillarining O‘zbekistonga biznes missiyasini tashkil qilish hamda O‘zbekiston-Avstriya biznes forumini o‘tkazishga alohida e’tibor qaratishini ma’lum qildi.
Mavzuga oid

14:46 / 20.06.2025
Avstriya O‘zbekistonda agroklasterlar tashkil etishga tayyor

19:34 / 10.06.2025
Avstriyadagi maktabda otishma: to‘qqiz kishi halok bo‘lgan

14:16 / 07.05.2025
Rossiya "Rayffayzenbank"dan deyarli 2 mlrd yevroni musodara qildi

15:25 / 30.04.2025