Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Uchtepada shahar hokimligi zaxirasida bo‘lgan yer maydoni IIV balansiga o‘tkaziladi
Vazirlar Mahkamasining “Ichki ishlar vazirligi ixtisoslashtirilgan maktab-internati faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e’lon qilindi.
Qaror loyihasida quyidagilarni nazarda tutuvchi normalar aks ettirilgan:
a) ixtisoslashtirilgan maktab-internat ustavini tasdiqlash;
b) 2023/2024 o‘quv yilidan boshlab, O‘zbekiston tarixi, chet tillari va matematika fanlarini chuqurlashtirilgan holda o‘qitishni yo‘lga qo‘yish;
v) 2024/2025 o‘quv yilidan boshlab, ixtisoslashtirilgan maktab-internat qabul kvotasini 50 nafardan 100 nafarga oshirish;
g) 2023-2024 yillarda ixtisoslashtirilgan maktab-internat ma’muriy binosi hududida 500 o‘ringa mo‘ljallangan o‘quvchilar yotoqxonasini qurish, mavjud bino va inshootlarni kapital ta’mirlash;
d) Toshkent shahar, Uchtepa tumani, M.Shayxzoda ko‘chasi, 64-uy manziliga tutash hududdagi Toshkent shahar hokimligi zaxirasida bo‘lgan bo‘sh turgan 16 sotix yer maydonini Ichki ishlar vazirligi balansiga o‘tkazish va mazkur yer maydonida o‘quvchilarga mo‘ljallangan sport majmuasini qurish.
Shuningdek, loyiha bilan Vazirlar Mahkamasining “Ichki ishlar vazirligi ixtisoslashtirilgan maktab-internati faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga ixtisoslashtirilgan maktab-internat qabul kvotasini oshirishga qaratilgan tegishli o‘zgartishlar kiritilmoqda.
Mavzuga oid

11:56
Toshkentda suv quvuri kuchli bosim ostida yorilib ketdi (video)

09:07
“Mahallamiz buni ko‘tara olmaydi”: fuqarolar Uchtepa City'ning 16 qavat bo‘lishiga qarshi

09:05 / 09.07.2025
Iroqda saqlanayotgan noyob asar Toshkentda namoyish etilishi mumkin

19:36 / 08.07.2025