Toshkentda 4 ta mashina ishtirokida YTH sodir bo‘ldi
Toshkent shahar Shayxontohur tumani Furqat ko‘chasida 4 ta mashina ishtirokida YTH sodir bo‘ldi.

Foto: Toshkent shahar IIBB YHXB
Toshkent shahar IIBB YHXB axborot xizmati xabariga ko‘ra, 2023 yil 8 aprel kuni soat 9:00 larda Lacetti, Nexia 3, Nexia 2 va Captiva avtomashinalari ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.
YTH oqibatida Nexia 2 avtomashinasi yo‘lovchisi tan jarohat olgan.
Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB mas’ul xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Vazirlar Mahkamasining 3 apreldagi qarori bilan Yo‘l harakati qoidalariga shaharlarda transport vositalarining ruxsat etilgan maksimal tezligiga oid o‘zgartirishlar kiritilgan.
Bu o‘zgarish bilan Nukus va Toshkent shaharlarida, viloyatlar va tumanlarning markazlarida, shuningdek, shaharlar hududlarida transport vositalarining tezligini soatiga 60 kilometrdan oshirmasdan harakatlanishga ruxsat etiladi.
Mavzuga oid

16:30 / 23.06.2025
Toshkentda savdo do‘koni tomiga chiqqan 11 yoshli qiz tok urishi oqibatida vafot etdi

08:03 / 22.06.2025
Katta AES bitimi, Farg‘onadagi “maska-shou” va qulayotgan dollar - hafta dayjesti

17:43 / 21.06.2025
Toshkentda bosh rejaga zid uchta yirik loyiha taqdim etildi

21:02 / 19.06.2025