Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya, O‘zbekiston va Qozog‘iston gaz ittifoqini muhokama qilishda oldinga siljidi – Lavrov
Rossiya tashqi ishlar vaziri fikricha, bu loyihadan kelajakda har bir tomon foyda olishini kutish mumkin.

Foto: Rossiya TIV
Rossiya, Qozog‘iston va O‘zbekiston uch tomonlama gaz ittifoqi loyihasini muhokama qilishda oldinga siljidi. Bu haqda Rossiya tashqi ishlar vazirligi rahbari Sergey Lavrov ma’lum qildi.
Rossiyalik diplomatning fikricha, bu loyihadan kelajakda har bir tomon foyda olishini kutish mumkin.
«Uch davlat – Rossiya, O‘zbekiston va Qozog‘iston, jumladan, prezidentlar darajasida energiya xavfsizligini to‘liq mustahkamlashga xizmat qiladigan ushbu keng ko‘lamli loyihani muhokama qilishda faol olg‘a siljidi», dedi Lavrov.
14 aprel kuni rossiyalik vazir O‘zbekistonga safari yakunlariga bag‘ishlangan matbuot anjumanida ishtirok etdi.
«Tomonlar ham tranzit shartlari, ham narx shartlari bo‘yicha kelishib olsa, barchani hamma narsa qanoatlantirsa, barcha g‘alaba qozonadi», deb qo‘shimcha qildi Lavrov.
Moskva, Ostona va Toshkent hamkorligining boshqa tafsilotlari bayonotda keltirilmagan.
2022 yil noyabr oyi oxirida Rossiya O‘zbekiston va Qozog‘istonga «uchtomonlama gaz ittifoqi» tuzishni taklif qilgan edi. Shundan keyin bu masalada bir necha marta ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazildi.
Muzokaralarda Rossiya o‘z gazini Qozog‘iston orqali, «Markaziy Osiyo – Markaz» quvurlari orqali O‘zbekistonga yetkazib berishni taklif qilgan. Evaziga esa O‘zbekistonning gaz-transport tizimini bozor narxida «Gazprom» egaligiga o‘tkazish va Xitoyga gaz eksporti huquqini talab qilgan. O‘zbekistonlik ekspertlar buni Rossiyaga xos «energetik urush» deb nomlagan edi.
Mavzuga oid

21:05 / 11.07.2025
“Kavkazda Rossiya endi lider emas, oddiy ishtirokchiga aylanmoqda” - siyosatshunos

16:42 / 11.07.2025
Rossiyaning yagona aviatashuvchi kemasi utilizatsiya qilinishi mumkin

16:30 / 11.07.2025
Mers Rossiyadan Ukrainaga yetkazilgan zarar uchun 500 mlrd yevro to‘lashni talab qildi

14:49 / 11.07.2025