Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston prezidenti Turkmaniston prezidenti bilan hamkorlikni rivojlantirish masalalarini muhokama qildi
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 15 aprel kuni Turkmaniston prezidenti Serdar Berdimuhamedov bilan telefon orqali muloqot qildi.

Foto: Prezident matbuot xizmati
O‘zbekiston prezidenti Turkmaniston prezidentiga og‘ir judolikka uchragani – buvisi Ogulabat edjye Berdimuhamedova hayotdan ko‘z yumgani munosabati bilan hamdardlik bildirdi.
Suhbatda O‘zbekiston-Turkmaniston strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash hamda oliy darajadagi kelishuvlarga muvofiq amaliy hamkorlikni kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.
Yaqinda o‘tkazilgan Hukumatlararo komissiya yig‘ilishi, tashqi siyosiy idoralar, transport, madaniyat vazirliklari doirasidagi uchrashuvlar va boshqa tadbirlarning samarali natijalari ijobiy baholandi.
Savdo-iqtisodiy hamkorlik masalalari, eng avvalo, “Shovot-Toshovuz” chegaraoldi savdo sonasini tashkil etish, iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlarida kooperatsiya loyihalarini amalga oshirish, faol madaniy-gumanitar almashinuvlarni davom ettirishga alohida e’tibor qaratildi.
Davlat rahbarlari bo‘lajak tadbirlar rejasini ham muhokama qilib, bir-birini yaqinlashib kelayotgan Ramazon hayiti bilan qutladilar, ezgu tilaklar bildirdi.
Mavzuga oid

07:18 / 08.07.2025
O‘zbekiston va Turkmaniston qo‘shma ta’lim dasturlarini tashkil etadi

15:02 / 30.06.2025
Gurbanguli Berdimuhamedov taekvondo bo‘yicha «9-dan» faxriy unvonini oldi

19:06 / 21.06.2025
Erondan 60 ga yaqin O‘zbekiston fuqarolari vatanga qaytarildi

09:37 / 16.06.2025