Ma’muriy sudlarga shikoyat qilishda davlat boji undirilmaydi
O‘zbekistonda, 2024 yil 1 yanvardan boshlab, ma’muriy sudlarga shikoyat qilishda fuqaro va tadbirkorlik sub’yektlaridan davlat bojini undirmaslik, bunda davlat bojini ishni ko‘rib chiqish natijasi bo‘yicha aybdor tarafdan undirish tartibi joriy etiladi.

Foto: Kun.uz
Tegishli qonun loyihasi 2023 yil 1 oktyabrgacha Qonunchilik palatasiga kiritilishi kerak. Bu – yangi tahrirdagi konstitutsiyani ro‘yobga chiqarishga doir prezident farmonida belgilandi.
Bundan tashqari, shartnomaviy va boshqa fuqaroviy-huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan javobgarlik choralari ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi qonunchilikdan chiqarib tashlanadi. Farmonda bu topshiriq ijrosi uchun 2 oy muddat ko‘rsatilgan.
Mas’ullarga, 2024 yil 1 yanvarga qadar, qonunchilik bazasini to‘liq xatlovdan o‘tkazib, unda belgilangan huquqiy ta’sir choralarini mutanosiblik prinsipiga muvofiqlashtirish bo‘yicha takliflar kiritish topshirildi.
Shuningdek, yangi tahrirdagi konstitutsiyaning 29-moddasida belgilangan davlatning huquqbuzarliklardan jabrlanganlarga yetkazilgan zararning o‘rni qoplanishi uchun shart-sharoitlarni yaratish majburiyati to‘liq ro‘yobga chiqarilishini ta’minlashga qaratilgan mexanizmlarni nazarda tutuvchi prezident qarori loyihasi ishlab chiqiladi. Loyiha 2 oy muddatda prezident administratsiyasiga kiritilishi zarur.
Mavzuga oid

12:02
«Sizga achinaman, janoblar!» – Abdurahmon Tashanovning shu nomli posti kamsitish deb topildi

11:53 / 22.05.2025
Ayrim nizolarni sudgacha ko‘rib chiqishning yangi tartibi joriy etiladi

09:31 / 21.05.2025
Bloger Qobil Do‘sov ustidan yana bir sud ishi bo‘lib o‘tmoqda

20:07 / 20.05.2025