Ko‘z yoshini tiya olmagan sobiq xodim, adolat istab kelgan odamlar, turnaqator navbat: Farg‘onada sayyor qabul qanday o‘tdi?
Farg‘ona shahridagi “Tadbirkorlar uyi”da Respublika ishchi guruhining ommaviy sayyor qabuli o‘tkazildi. Prezident xalq qabulxonalari, Oliy sud, Bosh prokuratura, IIV rahbariyati tomonidan o‘tkazilgan ommaviy sayyor qabulda Farg‘ona, Andijon va Namangan viloyatlari aholisining murojaatlari tinglandi. Sayyor qabul doirasida Xayrullo Bozorovning ham navbatdagi fuqarolar qabuli tashkil etildi.

Uchko‘priklik sobiq IIB xodimi Oybek Azimov ham 2018 yilda YHXB xulosasi asosida ishdan bo‘shatilgan.
“Vazir bilan uchrashuvda xizmatdan noto‘g‘ri bo‘shatilganimni dalillar bilan keltirib berdim. Oldin ham bu masalada bir necha marta yozma murojaat qilganman. Bilishimcha, ushbu murojaatlarim vazirga taqdim etilmagan, u kishining xabarlari bo‘lmagan. Sayyor qabul davomida murojaatimni shaxsan nazoratga olishlarini, hammasi yaxshi bo‘lishini aytdilar. Ushbu holat bo‘yicha adolatli qaror qabul qilinib, ishga tiklanishimga ishonaman”, deydi sobiq xodim.

Ichki ishlar vaziri Po‘lat Bobojonov Oybek Azimovning ishga tiklash bo‘yicha arizasi va barcha hujjatlarini ko‘rib chiqish uchun olib qoldi.
Nohaq lavozimidan bo‘shatilgan yana bir sobiq xodimning barcha hujjat va arizalari ko‘rib chiqilib, ishga qayta tiklandi.

Ma’lum bo‘lishicha, 8 yoshida avtohalokat oqibatida ota-onasidan ayrilib, qarindoshlarining qo‘lida qolib ketgan ushbu shaxs yillar o‘tib, ichki ishlar tizimiga ishga kiradi. 12 yil ishlaganidan so‘ng uning guvohnomasi raqami vafot etib ketgan boshqa shaxsniki bilan bir xil chiqib qolgach, u hujjatni qalbakilashtirishda ayblangan va xizmatdan chetlashtirilgan. Biroq o‘tkazilgan xizmat tekshiruvlari davomida bu ayblov asossiz ekani tasdig‘ini topadi.
Vazir Po‘lat Bobojonov sayyor qabulning o‘zida uni ichki ishlar organlariga xizmatga tiklangani bilan tabriklagan.
Prezident xalq qabulxonalari, Oliy sud, Bosh prokuratura tomonidan ko‘rib chiqilgan ayrim murojaatlar qabul vaqtida ijobiy hal etilgan bo‘lsa, yana ayrimlari qo‘shimcha o‘rganib chiqish uchun qoldirildi.
Tavsiya etamiz
Urushlar endi o‘zgacha: «O‘rgimchak to‘ri» operatsiyasi haqida
Jahon | 22:27 / 02.06.2025
“Saviyasiz millat o‘zini o‘zi yo‘q qiladi” – Qozoqboy Yo‘ldoshev
Jamiyat | 15:21 / 01.06.2025
Ish staji yetarli bo‘lmasa ham pensiya tayinlanadimi?
O‘zbekiston | 10:03 / 31.05.2025
Eng ko‘p tug‘ilish qayd etilgan hudud ma’lum qilindi
O‘zbekiston | 11:34 / 30.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
“Asialuxe Travel” Qurbon hayiti sharafiga aksiya e’lon qildi – 50% gacha chegirma
Jamiyat | 17:00 / 02.06.2025
-
Jismoniy faollik saratondan o‘lim xavfini 30 foizga kamaytiradi - tadqiqot
Fan-texnika | 01:29
-
Rossiyada o‘zbekistonlik ishchining boshiga ichida sement bo‘lgan chelak tashlab yuborildi
Jahon | 00:44
-
Qurbon hayiti munosabati bilan qo‘shimcha poyezd qatnovlari yo‘lga qo‘yiladi
O‘zbekiston | 00:17
Mavzuga oid

17:31 / 24.05.2025
Yangi hayotga qadam: so‘nggi qo‘ng‘iroqdan reportaj

18:20 / 03.03.2025
Po‘lat Bobojonov yangi lavozimga tayinlandi

12:30 / 03.03.2025
Po‘lat Bobojonov IIV rahbarligidan ketdi

13:19 / 20.01.2025