Ukraina Zaporijjya AESni o‘z energiya tizimidan quvvatlantirishni qayta tikladi

Foto: Getty Images
«Ukrenergo» davlat konserni Rossiya tomonidan bosib olingan Zaporijjya atom elektr stansiyasini ta’minlovchi elektr tarmog‘ini tikladi va ZAES Ukraina energetika tizimidan quvvatlanishga o‘tmoqda.
«Dushmanning ertalabki hujumiga qaramay, Ukraina energetika tizimi barqaror, ishlab chiqarilgan elektr energiyasi iste’molchilar ehtiyojlarini qondirish uchun yetarli. Afsuski, energetika infratuzilmasi hali ham shikastlangan. Dnipro viloyatida 330- 750 kV yuqori kuchlanishli liniyalarga zarar yetgan, buning natijasida mintaqadagi kuchli elektr stansiyalaridan biri, shuningdek, bir qator «Ukrenergo» nimstansiyalari va taqsimlash tizimi operatorlari (oblenergo) ishlamay qolgan. Oqibatda Zaporijjyadagi iste’molchilar elektr energiyasidan uzilgan. Muhandislar allaqachon zaxiraviy sxemalar bo‘yicha iste’molchilarni elektr energiyasi bilan ta’minlashni tikladi. Elektr stansiyasining quvvati bosqichma-bosqich tiklanmoqda», — deyiladi «Ukrenergo» Telegram-kanalida.
Avvalroq Zaporijjya AESda tashqi elektr ta’minoti butunlay uzilgandi, stansiya dizel generatorlaridan favqulodda zaxira quvvatiga o‘tkazilgan.
Zaporijjya viloyati ma’muriyati bosh kengashi a’zosi Vladimir Rogovning so‘zlariga ko‘ra, Ukrainaning «Energoatom» kompaniyasi o‘zi boshqarayotgan «Dneprovskaya» elektr tarmog‘ini uzib qo‘ygan.
O‘chirish sababi noma’lum. «Energoatom» davlat konserni Zaporijjya AESda tashqi elektr ta’minoti o‘chirilganligini tasdiqladi.
Mavzuga oid

18:00
Zelenskiy Ukraina tinchlik uchun qanday murosaga tayyorligini aytdi

13:18
YeI ukrainaliklar uchun vaqtinchalik himoyani 2027 yil martigacha uzaytirdi

12:36
Moskva 1200 nafar Ukraina fuqarosining jasadini Kiyevga topshirdi

13:38 / 13.06.2025