Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh ukrainalik harbiylarni Abrams tanklarida o‘qitishni boshlayapti
Ukraina harbiylarini M1A1 Abrams tanklari bilan ishlashga o‘rgatish bo‘yicha mashg‘ulotlar kelasi haftadan boshlanadi, dedi AQSh Mudofaa vazirligi vakili Patrik Rayder Voice Of America radiosiga.

Foto: U.S. Army / ZUMA Wire / IMAGO
250 ga yaqin ukrainalik harbiy xizmatchi shu hafta Germaniyaga yetib boradi va u yerda ular 10 hafta davomida tanklarni boshqarish, qo‘shma janglarda manyovr qilish va texnik xizmat ko‘rsatish bo‘yicha o‘qitiladi, dedi ismi keltirilmagan AQSh yuqori martabali harbiy amaldori.
Ular may oyi boshida Germaniyaga yetkazib berilgan 31 ta Abrams tankida o‘rgatiladi. 31 ta M1A1 Abrams tanklarining yana bir partiyasi hozirda Qo‘shma Shtatlarda qayta jihozlanmoqda va kuzda Ukrainaga yetkaziladi, deya xabar beradi radiostansiya.
Yanvar oyi oxirida AQSh hukumati Ukrainaga Abrams'ning zamonaviy versiyasini, jami 31 ta tankni berishini e’lon qildi. O‘shanda ham Amerika Mudofaa vazirligi bu tanklar Amerika omborlarida yetarli emasligini va ularni Ukrainaga topshirish uchun bir necha oy kerakligini ta’kidlagan.
Mavzuga oid

16:48
To‘qayev Trampning 25 foizlik bojlar haqidagi maktubiga javob yo‘lladi

15:41
AQSh maxsus xizmatlari sobiq rahbarlari ustidan tergov boshlandi

13:37
AQSh Ukrainaga ayrim turdagi qurollarni yetkazib berishni qayta tikladi

12:46