O‘zbekiston | 15:08 / 02.06.2023
4879
1 daqiqa o‘qiladi

Siyosiy partiyalar prezidentlikka nomzodlarni ro‘yxatga olish uchun hujjat topshirishni yakunladi

Xalq demokratik partiyasi hamda Ekologik partiya Markaziy saylov komissiyasiga (MSK) O‘zbekiston prezidentligiga ko‘rsatilgan nomzodlarni ro‘yxatga olishni so‘rab murojaat qildi va nomzodlarni qo‘llab-quvvatlovchi imzo varaqalarini taqdim etdi, deb xabar bermoqda «Dunyo».

Foto: MSK

31 may kuni O‘zbekiston «Adolat» sotsial-demokratik partiyasi va O‘zbekiston liberal-demokratik partiyasidan qonunchilikda belgilangan hujjatlar qabul qilib olingan edi.

MSKning ishchi guruhi hamda ekspert guruhlari qonunchilik talablaridan kelib chiqib, taqdim etilgan barcha hujjatlarni tekshirib chiqadi hamda taqdim etilgan hujjatlar, shu jumladan nomzodlarni qo‘llab-quvvatlovchi imzo varaqalari qonunchilik talablariga muvofiq bo‘lsa, MSK siyosiy partiyalar tomonidan O‘zbekiston prezidentligiga ko‘rsatilgan nomzodlarni ro‘yxatga olish haqida qaror qabul qiladi.

Mavzuga oid