Qatar Airways yangi samolyotlarida birinchi klassdan voz kechadi
Dunyoning yetakchi aviakompaniyalaridan biri Qatar Airways o‘zining yangi uzoq masofali samolyotlarida birinchi toifali salondan voz kechmoqda. Kompaniya fikricha, eng hashamatli o‘rindiqlarga sarmoya kiritish daromad bilan oqlanmaydi va biznes-klass ham xuddi shunday imtiyozlarni beradi.

Foto: Jason Alden/Bloomberg
Dunyoning eng yaxshi aviakompaniyalaridan biri Qatar Airways o‘zining yangi avlod uzoq masofali Boeing samolyotlarida birinchi toifali salonni taklif qilmaydi, deya xabar berdi tashuvchining bosh direktori Akbar Al-Bakir Bloomberg agentligiga. Uning so‘zlariga ko‘ra, eng hashamatli o‘rindiqlarga sarmoya kiritish daromadlar bilan oqlanmaydi va aviakompaniyaning biznes klassi ham shunday imtiyozlarni taqdim etadi.
Birinchi klassdan voz kechish strategik xavflarni keltirib chiqarishi mumkin, chunki boshqa yirik aviakompaniyalar, jumladan Germaniyaning Lufthansa, Avstraliyaning Qantas Airways va Fransiyaning Air France premium xizmatlarga ko‘proq e’tibor qaratmoqda, deb ta’kidladi Bloomberg. Lufthansa rahbari Karsten Sporning ta’kidlashicha, dam olish maqsadida parvoz qiluvchi sayohatchilar maxsus taqdim etilgan sharoitlarni afzal ko‘rishadi va kompaniya samolyotlarining old qismi (birinchi klass joylashgan) avval hech qachon bunchalik gavjum bo‘lmagan, deb yozadi agentlik.
Bloomberg xabariga ko‘ra, Qatar Airways aviakompaniyasining Boeing 777X samolyotlarida birinchi klass mavjud bo‘lmaydi. U Qatar Airways aviakompaniyaning 10 ta Airbus A380 samolyotlarini foydalanishdan olganidan so‘ng eng yirik samolyotga aylanadi. Samolyotlarda klasslar asta-sekin moslashuvchan bo‘lib bormoqda: aviakompaniyalar biznes-klass va budjet o‘rindiqlari o‘rtasida premium-ekonom taqdim etyapti, birinchi klass esa ko‘proq top-menejyerlar yoki umrida bir marta sayohatga katta sarmoya kiritishga tayyor bo‘lgan oddiy yo‘lovchilar qiziqishi bo‘lib qolmoqda, deydi agentlik.
Qatar Airways Skytrax konsalting kompaniyasi tomonidan ketma-ket yettinchi marta 2022 yilda dunyoning eng yaxshi aviakompaniyasi deb topildi. 2022 yilda ikkinchi o‘rinda Singapore Airlines, uchinchi o‘rinda Emirates joylashdi. Avstraliyaning Qantas aviakompaniyasi beshinchi o‘rinni egalladi. Kuchli o‘ntalikka, shuningdek, Japan Airlines, Turkish Airlines, Air France, Korean Air va Swiss International Air Lines kirdi.
Mavzuga oid

23:17 / 22.05.2025
AQShda yengil motorli samolyot halokatga uchradi. Qurbonlar bor

17:17 / 14.05.2025
Tramp Qatar tomonidan sovg‘a qilinadigan qasr-samolyotni Pentagonga topshiradi

23:29 / 13.05.2025
Xitoyda yo‘lovchi toza havodan nafas olish uchun samolyotning avariyaviy eshigini ochib yubordi

23:57 / 09.05.2025