O‘zbekiston | 11:41 / 12.06.2023
8139
2 daqiqa o‘qiladi

Misrdan gepatitga qarshi dorilarning yettinchi partiyasi O‘zbekistonga olib kelindi

Foto: Dunyo

Joriy yilning fevral oyida O‘zbekiston va Misr sog‘liqni saqlash vazirliklari o‘rtasida erishilgan kelishuvlar doirasida kuni kecha Sharm-al-Shayx aeroportidan Toshkentga 13 ming dona preparat yetkazib berildi, deb xabar bermoqda “Dunyo”.

Beg‘araz yordam sifatida taqdim etilgan dori vositalari O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Virusologiya ilmiy-tadqiqot instituti bemorlarini davolash uchun ishlatiladi.

Ikki tomonlama kelishuvlar doirasida 2023-2024 yillar davomida umumiy qiymati 4,2 million dollarlik jami 800 ming dona S gepatitiga qarshi dori vositalarini bepul yetkazib berish bo‘yicha  kelishuvlarga erishilgan.

Dori vositalardan iborat bo‘lgan ushbu yuk hisob bo‘yicha joriy yilda yuborilgan yettinchisidir.

Misr Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, joriy yilning 21-30 may kunlari Jyenevada bo‘lib o‘tgan Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti 76-sessiyasida xabar qilinganidek, mamlakat aholisi ushbu kasallikdan butunlay xalos bo‘lgan. 

Xalqaro tashkilotning mutaxassislari va ekspertlari Misrning ushbu yo‘nalishdagi yutuqlarini o‘rganib chiqib, shu yilning iyun oyida ular tegishli hisobotni e’lon qilishlari va Misr hukumatiga gepatit C virusi to‘liq yo‘q qilingani to‘g‘risida sertifikat taqdim etishlari kutilmoqda. 

Mavzuga oid