Finlandiyada yangi bosh vazir boshchiligida hukmron koalitsiya shakllantirildi
Petteri Orpo boshchiligidagi Finlandiyaning yangi hukumatida to‘rt partiya, jumladan o‘ng qanot populist «Haqiqiy finlar» vakillari bo‘ladi.

Foto: ALESSANDRO RAMPAZZO/AFP
Finlandiyada yetti haftalik muzokaralardan so‘ng to‘rt partiya bosh vazir Petteri Orpo boshchiligidagi koalitsiya hukumati haqida kelishib oldi. Yangi vazirlar mahkamasi tarkibi, shuningdek, uning dasturi 16 iyun, juma kuni tushdan keyin e’lon qilinishi kutilmoqda.
Ba’zi ommaviy axborot vositalarining hisob-kitoblariga ko‘ra, bu hukumat «Ikkinchi jahon urushidan keyin Finlandiyadagi eng o‘ng qanot»ga aylanadi. Qayd etilishicha, Orpo boshchiligidagi konservativ Milliy koalitsiya partiyasidan tashqari uning tarkibiga o‘ng qanot populist «Haqiqiy finlar» partiyasi, Shvetsiya Xalq partiyasi va Xristian-demokratlar kiradi. Shu bilan birga, hukumatda birorta ham so‘l partiya vakili bo‘lmaydi.
Petteri Orpo Finlandiya bosh vaziri lavozimidan aprel oyida iste’foga chiqqan Sotsial-demokratik partiya vakili Sanna Marin o‘rnini egallaydi. Marin koronavirus pandemiyasiga qarshi muvaffaqiyatli kurashi va Ukrainada harbiy harakatlar boshlanganidan keyin olib borgan siyosati tufayli aholi orasida mashhur bo‘lgan, biroq uning partiyasi so‘nggi parlament saylovlarida mag‘lubiyatga uchradi. Yangi hukumatning asosiy vazifalaridan biri davlat qarzini qisqartirish bo‘lishi kutilmoqda.
Mavzuga oid

00:36 / 28.05.2025
Finlandiyada ruslar qurgan qal’a 1 yevroga sotildi

21:59 / 23.05.2025
Finlandiya parlamenti bosh kotibi davlatga xiyonatda gumonlanmoqda

01:36 / 19.05.2025
Trampning Putinga nisbatan sabri tugashni boshladi - Finlandiya prezidenti

21:39 / 28.04.2025