AQSh O‘zbekistonga JSTga a’zo bo‘lish jarayonini tezlashtirishda yordam beradi
O‘zbekiston va AQSh strategik sheriklikni yanada mustahkamlash, investitsiyaviy hamkorlik va o‘zaro savdoni kengaytirishga sodiqligini tasdiqladi.

Foto: Dunyo
Bosh vazir o‘rinbosari Jamshid Xo‘jayev boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi Vashingtonga tashrif buyurdi va AQShdagi hukumat rasmiylari hamda yetakchi Amerika kompaniyalari vakillari hamda rahbarlari bilan bir qator uchrashuvlar o‘tkazdi.
Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, AQSh davlat kotibining Janubiy va Markaziy Osiyo bo‘yicha yordamchisi Donald Lu, AQSh savdo vazirining o‘rinbosari Alan Esteves, AQSh savdo vakili o‘rinbosari Sara Byanki, AQSh-O‘zbekiston Savdo palatasi raisi Kerolin Lemm va boshqa rasmiylar bilan muzokaralar bo‘lib o‘tdi.
AQSh davlat kotibi yordamchisi Donald Lu bilan uchrashuv davomida O‘zbekiston va AQSh o‘rtasidagi strategik sheriklikni yanada kengaytirish va mustahkamlash masalalari muhokama qilindi. Amerika tomoni yirik loyihalarni amalga oshirishni nazarda tutgan holda hamkorlikni davom ettirishga tayyor ekanini e’tirof etdi.
Suhbat chog‘ida savdo va investitsiyaviy hamkorlikning hozirgi holati ko‘rib chiqildi. Bu yo‘nalishlarda tomonlar munosabatlarni kengaytirish uchun katta imkoniyatlar mavjudligini ta’kidlab, O‘zbekistonning Jahon savdo tashkilotiga (JST) a’zo bo‘lishi jarayonining tezlashtirish doirasida hamkorlikni rivojlantirishga kelishdi.
AQSh savdo vaziri o‘rinbosari, Sanoat va xavfsizlik byurosi rahbari Alan Esteves bilan suhbat davomida, savdo oqimlarini kengaytirish masalalari yuzasidan fikr almashinildi. Amerika tomoni O‘zbekistonning tashqi savdo jarayonlarining samaradorligini oshirish borasidagi sa’y-harakatlarini yuqori baholadi. Samarali hamkorlikni kengaytirish va o‘zaro savdo hajmini ko‘paytirish maqsadida qo‘shma ishchi guruh shaklantirish, O‘zbekistondagi vazirliklar, idoralar, tijorat banklari vakillari malakasini oshirish uchun treninglar tashkil etish muhimligi aytib o‘tildi.
AQSh savdo vakili o‘rinbosari Sara Byanki bilan muloqotda O‘zbekiston sarmoyaviy jozibadorligini mustahkamlash, savdo to‘siqlarini bartaraf etish hamda savdo operatsiyalarini yanada osonlashtirish masalalari muhokama qilindi. Uchrashuvda O‘zbekistonda energetika, mashinasozlik, to‘qimachilik, qishloq xo‘jaligi, farmatsevtika va boshqa sohalarda qo‘shma investitsiya loyihalarini amalga oshirayotgan AQSh kompaniyalarining muvaffaqiyatli faoliyati alohida ta’kidlandi.
O‘zaro savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha navbatdagi amaliy tadbirlarni belgilash maqsadida bir qator qo‘shimcha uchrashuv va muzokaralar o‘tkazishga kelishib olindi.
Tashrif davomida Amerika-O‘zbekiston Savdo palatasi a’zolari, Amerika yirik biznes rahbarlari ishtirokida davra suhbati tashkil etildi.
Tashrif yakunlari bo‘yicha tomonlar strategik sheriklikni yanada mustahkamlash, investitsiyaviy hamkorlik va o‘zaro savdoni kengaytirishga sodiqligini yana bir bor tasdiqladi.
Mavzuga oid

12:40
Tramp: AQSh Xitoy bilan nodir metallar bo‘yicha shartnoma tuzdi

10:20
AQSh Eron bilan ortayotgan keskinlik fonida Iroqdagi elchixonasi xodimlarini evakuatsiya qilmoqda

23:15 / 11.06.2025
Tramp 9 ming noqonuniy migrantni Guantanamo qamoqxonasiga yubormoqchi

18:01 / 11.06.2025