Toshkent shahri va Toshkent viloyatining ayrim hududlari elektr ta’minotidan qisman uzildi
Hozirda ushbu nosozlikni bartaraf etish ishlari olib borilmoqda.
Bugun, 25 iyul kuni soat 9:27 da Toshkent shahridagi 110 kV L-K-D elektr uzatish tarmog‘ida nosozlik yuzaga kelgan.
Energetika vazirligi xabariga ko‘ra, buning natijasida Toshkent viloyatining O‘rta Chirchiq va Toshkent shahrining Sergeli hamda Yangihayot tumanlari iste’molchilari elektr ta’minotidan qisman uzilgan.
Qayd etilishicha, hozirda ushbu nosozlikni bartaraf etish ishlari olib borilmoqda.
Nosozlik qisqa vaqt ichida bartaraf etilishi va iste’molchilarning elektr ta’minoti qayta tiklanishi aytilgan.
Vazirlik keltirilgan noqulayliklar uchun iste’molchilardan uzr so‘ragan.
Mavzuga oid

09:55
8,6 mlrd so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalangan MChJ fosh etildi

21:02 / 19.06.2025
11 yoshli qizni muntazam zo‘rlab kelgan pedofil uzoq muddatga qamaldi

18:13 / 19.06.2025
Shamol siljishi tufayli bir necha samolyot Toshkentga qo‘nolmadi

20:22 / 18.06.2025