Fuqarolarning plastik kartalaridan 12 mlrd so‘m o‘g‘irlangan – poytaxt IIBB
Toshkent shahridagi Freedom Paymens xorijiy kompaniyasi ofisiga niqob taqqan shaxslar kelgani bo‘yicha izoh berildi.

Foto: Kun.uz
3 avgust kuni Toshkent shahridagi Freedom Paymens xorijiy kompaniyasi ofisiga niqob taqqan shaxslar kelgan. Toshkent shahar IIBB holat yuzasidan rasmiy ma’lumot berdi.
Ta’kidlanishicha, Toshkent shahar IIBB huzuridagi Tergov boshqarmasi ish yurituvida fuqarolarning plastik kartalaridan 12 mlrd so‘m miqdoridagi pullar o‘g‘irlangani yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi («O‘g‘irlik») bilan jinoyat ishi tergov qilinmoqda. Tergov jarayonida plastik kartalardagi pullar turli to‘lov tizimlari orqali xorijiy davlatlarga chiqib ketgani aniqlangan.
«Mazkur jinoyat ishi doirasida poytaxtdagi to‘lov tizimi kompaniyalaridan birida tekshiruv o‘tkazilgan. Tekshiruv jarayonida hech kim hibsga olinmagan, kompaniya mas’ul xodimlaridan holat yuzasidan tushuntirish olingan», deyiladi IIBB xabarida.
Oldinroq Gazeta.uz Toshkentdagi Freedom Paymens xorijiy kompaniyasi ofisiga niqobli odamlar kelgani haqida yozgandi. Xabarda idorada bo‘lgan bir necha xodim qo‘lga olingani, ularning telefonlari olib qo‘yilgani aytiladi.
Mavzuga oid

22:58 / 07.06.2025
Turkiyada sayyohlarning kartasidan 29 mln dollar o‘g‘irlagan guruh a’zolari ushlandi

16:03 / 07.06.2025
“Bolam kasal, qarzga pul berib turing” - firibgarlikning yana bir turi haqida

10:45 / 04.06.2025
Fuqarolarni noqonuniy yo‘llar bilan Hajga yubormoqchi bo‘lganlarga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

23:06 / 02.06.2025