Toshkentda yo‘lovchi avtobus ishtirokida YTH ro‘y berdi
«Toshshahartransxizmat» yo‘nalishdagi yuk mashinasi avtobus harakatiga xalal qilgani YTHga sabab bo‘lganini aytmoqda.

Foto: IIBB YHXB axborot xizmati
Toshkent shahrida yo‘lovchi avtobus ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Toshkent shahar IIBB YHXB ma’lumotiga ko‘ra, 14 avgust kuni soat 15:40 larda Sergeli tumani 4P-21 yo‘lining 5-kilometrida yo‘l-transport hodisasi ro‘y bergan.
Ma’lum qilinishicha, 1973 yilda tug‘ilgan I.B. boshqaruvida bo‘lgan Saz-Le 60 rusumli avtobusini boshqarib ketayotib rul boshqaruvini yo‘qotgan hamda beton ustunga borib urilgan. YTH oqibatida avtobus haydovchisi – 1973 yilda tug‘ilgan I.B. va 3 nafar yo‘lovchi, 1983 yilda tug‘ilgan B.F., 2021 yilda tug‘ilgan M.A. hamda 2012 yilda tug‘ilgan A.F. tan jarohat olib, shifoxonaga murojaat qilgan.
Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
«Toshshahartransxizmat» ham hodisa yuzasidan munosabat bildirdi.
Unga ko‘ra, 184-sonli «Toshloq mahalla - Sergeli-4 mavzesi» yo‘nalishida qatnovchi avtobus Yangihayot tumani hududida, Toshkent halqa avtomobil yo‘li bo‘ylab harakatlanganida «Atlant qurilish mollari do‘koni» oldida avtobus bilan bir yo‘nalishda bo‘lgan tirkamali yuk mashinasi avtobus harakatiga xalal bergan. Natijada haydovchi avtobusni avval o‘ng tomondagi ustunga, so‘ng yo‘lni ajratib turuvchi beton to‘siqqa borib urilgan.
Xabarda qayd etilishicha, YTH oqibatida yo‘lovchilar jarohat olmagan, haydovchi o‘ng oyoq tizzasi lat yeyishi jarohati bilan 16-sonli Respublika shoshilinch tez tibbiy yordam ko‘rsatish markaziga yuborilgan. Avtobusning o‘zi ham texnik shikastlangan.

Mavzuga oid

21:28 / 22.05.2025
Toshkentda yo‘lovchilar avtobus harakatiga to‘sqinlik qilgan avtomobil haydovchisini jazoladi

10:27 / 22.05.2025
Toshkentda YTHning oldini olish uchun 2 mlrd so‘m ajratiladi

20:24 / 20.05.2025
Sergeli va Yunusobodni tezyurar avtobus yo‘lagi bog‘laydi. Loyiha qiymati – 50 mln dollar

18:17 / 19.05.2025