Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xorijiy tilni yaxshi o‘zlashtirgan tibbiyot sohasi talabalari uchun stipendiya joriy etildi
Sentyabrdan boshlab ular 990 ming so‘m qo‘shimcha stipendiya olishi mumkin.

Foto: uzpharmagency.uz
2023/2024 o‘quv yilidan tibbiyot oliy ta’lim muassasalari hamda Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumlarida ta’lim oluvchi, xorijiy tillarni yaxshi o‘zlashtirgan talabalar rag‘batlantirib boriladi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirining buyrug‘i qabul qilindi.
Unga ko‘ra, tibbiyot oliy ta’lim muassasalari hamda Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumlarida ta’lim oluvchi, ingliz tilini kamida 7,5 darajada bilishini belgilovchi xalqaro tan olingan sertifikatga (IELTS Academic) hamda nemis va fransuz tilini bilish darajasini belgilovchi S1 xalqaro tan olingan sertifikatga ega bo‘lgan talabalarga 2023 yil 1 sentabrdan boshlab, ularning sertifikati amal qilish davrida bazaviy hisoblash miqdorining uch barobari (990 ming so‘m) miqdorida oylik qo‘shimcha stipendiya to‘lab borish tartibi joriy etiladi.
Buning uchun tibbiyot oliy ta’lim muassasalari rektorlari hamda Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumlari direktorlari tomonidan har chorakda ushbu stipendiyani olishga talabgor bo‘lgan nomzodlar to‘g‘risidagi qo‘shimcha ma’lumotlar vazirlikning Ilm-fan va ta’lim boshqarmasiga beriladi.
Qayd qilinishicha, ayni paytda vazirlik tizimidagi tibbiyot oliy ta’lim muassasalarining 9 tasida xorijiy tillarni bilish darajasi bo‘yicha belgilangan mezonlarga mos 56 nafar talaba ta’lim olmoqda.
Mavzuga oid

21:59 / 07.07.2025
Magistraturaga hujjatlar qabuli boshlandi

13:30 / 05.07.2025
Xususiy OTM uchun litsenziya talablari o‘zgardi, bu yaxshimi yoki yomon? – mutaxassislar bilan suhbat

08:03 / 05.07.2025
O‘zbekiston universiteti xalqaro reytingda eng kuchli 500 ta OTM qatoridan joy oldi

07:51 / 04.07.2025