Sirdaryo viloyati IIBda yangi tayinlovlar amalga oshirildi
Viloyat IIB boshlig‘ining jamoat xavfsizligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari prezident videoselektorida ishdan olingandi.
Sirdaryo viloyati hokimligi viloyat IIBda yangi tayinlovlar amalga oshirilganini ma’lum qildi.
Podpolkovnik Oybek Abdullayev viloyat IIB boshlig‘i o‘rinbosari — jamoat xavfsizligi xizmati boshlig‘i lavozimida ish boshladi.

Abdullayev 2019 yildan buyon Sirdaryo viloyati Sirdaryo tumani bo‘yicha ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlayotgandi.
Podpolkovnik Sherzod Abdunazarov viloyat IIB JXX boshlig‘i o‘rinbosari — Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Abdunazarov bu lavozimda 2022 yil martidan buyon ishlab kelgan Sharof Islomov o‘rnini egalladi.
- Sirdaryo viloyat IIB boshlig‘ining jamoat tartibini saqlash bo‘yicha oldingi o‘rinbosari Umidjon Mavlanov prezidentning iyul oyi oxirida Farg‘ona viloyatiga tashrifi vaqtida o‘tkazilgan videoselektorida, «yoshlar bilan ishlashni o‘z holiga tashlab qo‘ygani» uchun lavozimidan ozod etilgandi.
Mavzuga oid

12:08 / 13.05.2025
Texnik jihatdan tartibga solish agentligi direktoriga o‘rinbosar tayinlandi

19:44 / 07.05.2025
Yana ikkita universitet rektori o‘zgardi

17:31 / 07.05.2025
Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligiga direktor tayinlandi

11:53 / 06.05.2025