Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Abituriyentlar uchun mandat e’lon qilindi
22 avgust kechasi O‘zbekistonda OTMga qabul uchun yakuniy test natijalari e’lon qilindi. Abituriyentlar o‘z natijalarini my.uzbmb.uz va mandat.uzbmb.uz saytlari, abituriyent ID raqamini yuborgan holda @edtmmandatbot Telegram boti, ruxsatnoma QR-kodi hamda test natijalari qaydnomasi orqali bilishlari mumkin.

Foto: KUN.UZ
22 avgustga o‘tar kechasi O‘zbekistonda 2023−2024-o‘quv yili uchun OTMga qabulning yakuniy tanlov natijalari (mandat) e’lon qilindi. Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi bu haqda yarim tunda, soat 00:05da e’lon berdi.
Tanlov natijalarini 6 xil usulda bilish mumkin.
1. my.uzbmb.uz sayti orqali: my.uzbmb.uz saytiga abituriyentning pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikatsiya raqamini kiritgan holda.
2. mandat.uzbmb.uz sayti orqali: mandat.uzbmb.uz saytining «Bakalavr-2023» bo‘limiga abituriyentning ID raqamini kiritgan holda.
3. SMS xabarnoma xizmati orqali: 5100 raqamiga abituriyentning ID raqami yuborilganda, mazkur telefon raqamiga tanlov natijalari bo‘yicha SMS xabarnoma yuboriladi (xizmat haqi mavjud).
4. Bilimni baholash agentligining quyidagi telegram botlari orqali (abituriyentning ID raqamini yuborgan holda):
@e_dtm_mandatbot
@e_dtm_mandat1bot
@e_dtm_mandat2bot
@e_dtm_mandat3bot
@e_dtm_mandat4bot
5. QR-kod orqali: abituriyent ruxsatnomasining quyi qismidagi QR-kod (natijani ko‘rish uchun havola) ni skaner qilgan holda.
6. Test natijalari qaydnomasi orqali: shuningdek, test natijalari qaydnomasi oliy ta’lim muassasalariga taqdim etiladi.
Saytda natijalar:
- yashil rang bo‘lsa — davlat granti;
- sariq rang bo‘lsa — to‘lov-kontrakt;
- qizil rang bo‘lsa — talabalikka tavsiya etilmagan bo‘ladi.
Mavzuga oid

21:59 / 07.07.2025
Magistraturaga hujjatlar qabuli boshlandi

13:30 / 05.07.2025
Xususiy OTM uchun litsenziya talablari o‘zgardi, bu yaxshimi yoki yomon? – mutaxassislar bilan suhbat

08:03 / 05.07.2025
O‘zbekiston universiteti xalqaro reytingda eng kuchli 500 ta OTM qatoridan joy oldi

07:51 / 04.07.2025