Qashqadaryoda o‘rmon qo‘riqchisi 17 tup archaga shikast yetkazdi
6 tup archa tagidan kesilgan. 11 tup archaning yon shoxlari kesib olingan.

Foto: Qashqadaryo viloyati Ekologiya boshqarmasi
Qashqadaryo viloyati Ekologiya boshqarmasi Dehqonobod tuman inspeksiyasi xodimlari tomonidan navbatdagi ekologik nazorat reyd tadbiri o‘tkazilgan.
Tadbir davomida Dehqonobod davlat o‘rmon xo‘jaligi “Kon” o‘rmon bo‘limining Suvlisoy massivi hududida tabiiy holda o‘sib turgan 6 tup Zarafshon archasi tag qismidan, 11 tup archaning esa yon shoxlari kesib tashlangani aniqlangan.
Holat yuzasidan o‘rmon qo‘riqchisi R.J.ga nisbatan MJtKning 79-moddasi, 3-qismi bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, 3,3 mln so‘m jarima qo‘llangan.
Tabiatga yetkazilgan zarar 18 mln 84 ming so‘m hisoblangan va uni undirish maqsadida hujjatlar tegishli tartibda rasmiylashtirilib, Dehqonobod davlat o‘rmon xo‘jaligiga o‘tkazilgan.
Eslatib o‘tamiz, prezidentning 2021 yil 30 dekabrdagi farmoni bilan, O‘zbekiston hududida daraxtlarni kesishga moratoriy muddatsiz davrga uzaytirilgandi. Unga ko‘ra, tartibni buzganlik uchun jarimalar 5 barobarga oshirilgan, yetkazilgan zarar 2 baravar qilib undirilishi belgilangandi.
Tavsiya etamiz
Urushlar endi o‘zgacha: «O‘rgimchak to‘ri» operatsiyasi haqida
Jahon | 22:27 / 02.06.2025
“Saviyasiz millat o‘zini o‘zi yo‘q qiladi” – Qozoqboy Yo‘ldoshev
Jamiyat | 15:21 / 01.06.2025
Ish staji yetarli bo‘lmasa ham pensiya tayinlanadimi?
O‘zbekiston | 10:03 / 31.05.2025
Eng ko‘p tug‘ilish qayd etilgan hudud ma’lum qilindi
O‘zbekiston | 11:34 / 30.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
“Asialuxe Travel” Qurbon hayiti sharafiga aksiya e’lon qildi – 50% gacha chegirma
Jamiyat | 17:00 / 02.06.2025
-
Jismoniy faollik saratondan o‘lim xavfini 30 foizga kamaytiradi - tadqiqot
Fan-texnika | 01:29
-
Rossiyada o‘zbekistonlik ishchining boshiga ichida sement bo‘lgan chelak tashlab yuborildi
Jahon | 00:44
-
Qurbon hayiti munosabati bilan qo‘shimcha poyezd qatnovlari yo‘lga qo‘yiladi
O‘zbekiston | 00:17
Mavzuga oid

20:10 / 03.06.2025
Qashqadaryoda 74 ta qoidabuzarlik qilgan haydovchi ushlandi

18:46 / 31.05.2025
Qashqadaryodagi bog‘chada 2 yoshli qiz ariqqa cho‘kib halok bo‘ldi

16:22 / 31.05.2025
Qashqadaryoda 17 bolani olib ketayotgan Damas aniqlandi

19:37 / 23.04.2025