Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Namangan - Jidda yo‘nalishida ilk reys amalga oshirildi
Umra ziyoratini ado etish maqsadida otlangan 193 nafar yo‘lovchi Namangan shahridan Jidda shahriga yetkazildi.

Foto: O‘zA
O‘zbekistonning Qanot Sharq aviakompaniyasi vodiyning asosiy havo darvozasi sanalgan Namangan xalqaro aeroportidan Saudiya Arabistonining Jidda shahriga birinchi parvozni muvaffaqiyatli amalga oshirdi. Aviakompaniya hozirgi kunga qadar arab mamlakatiga aviareyslarni Toshkent shahridan bajarib kelgan.
Aviakompaniyaning Airbus A321 rusumli havo kemasi Namangan shahridan Jidda shahriga Umra ziyoratini ado etish maqsadida otlangan 193 nafar yo‘lovchini yetkazdi.
Qayd qilinishicha, «Namangan-Jidda-Namangan» yo‘nalishidagi reyslar haftada ikki marta, yakshanba va seshanba kunlari amalga oshiriladi.
Bundan avval CentrumAir aviakompaniyasi «Namangan-Jidda-Namangan» yo‘nalishida parvozlarni yo‘lga qo‘ygandi.
Hozirgi vaqtda Namangan xalqaro aeroportidan Rossiya, Saudiya Arabistoni, Kuvayt, Ummon, Birlashgan Arab Amirliklari singari o‘nga yaqin mamlakatning yigirmaga yaqin shaharlariga aviaqatnov xizmati ko‘rsatilmoqda.
Mavzuga oid

09:35 / 10.07.2025
Xitoy Guanchjou-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha to‘g‘ridan to‘g‘ri havo qatnovlarini yo‘lga qo‘ydi

17:51 / 07.07.2025
Prezidentga Namangan viloyatida islohotlar natijadorligi bo‘yicha hisobot berildi

12:31 / 07.07.2025
Karachi va O‘zbekiston shaharlari o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yiladi

14:34 / 02.07.2025