Yangi o‘quv yili uchun Toshkentda avtobuslar va qatnovlar sonini oshirish rejalashtirilmoqda
4 sentabrdan butun respublikada yangi o‘quv yili boshlanadi. Shu munosabat bilan poytaxtdagi avtobuslar 1,5 mingtagacha, qatnovlar esa 22,8 mingtaga oshirilishi kutilmoqda.

Bugungi kunda Toshkent shahrida 1 ming 464 ta avtobus ishga chiqarilmoqda, undagi qatnovlar soni 21,7 mingtani tashkil qiladi. «Toshshahartransxizmat»ning O‘zAga ma’lum qilishicha, yangi o‘quv yili munosabati bilan avtobuslarni 1 ming 550 tagacha va bajariladigan qatnovlar sonini esa 22,8 mingtaga oshirish rejalashtirilgan.
Sentyabr oyi davomida qo‘shimcha yana 9 ta yangi avtobus yo‘nalishlarini tashkil qilish ham kutilmoqda.
Ma’lumot uchun, «Toshshahartransxizmat» AJ tarkibida 8 ta avtobus saroylari mavjud bo‘lib, hozirda ular tomonidan 158 ta avtobus yo‘nalishlarda xizmat ko‘rsatilmoqda.
Bundan oldinroq Toshkent metropoliteni «tig‘iz vaqtlar»da metroning ayrim yo‘nalishlarida poyezdlar harakatining oraliq vaqti 1,5 daqiqagacha qisqartirilishini ma’lum qilgandi.
Mavzuga oid

18:29
Transport vositalarini nogironligi bo‘lgan shaxslar ehtiyojiga moslashtirish xarajatlari qoplab beriladi

12:53 / 12.06.2025
Toshkentdan Issiqko‘lga mavsumiy avtobus qatnovlari boshlandi

00:00 / 10.06.2025
Navoiy viloyati uchun Xitoydan 60 ta avtobus olib kelindi

20:17 / 07.06.2025