2023 yilda 1137 ta yangi avtobus yo‘lovchi tashish yo‘nalishlariga joylashtirildi
Prezident qarori va dasturlarga muvofiq respublika bo‘yicha jami 2 mingta avtobus xarid qilinishi belgilangan.

Foto: Kun.uz
Avtomobil transportida yo‘lovchi tashuvchi 2570 ta tadbirkorlik sub’yektlari va 110983 nafar jismoniy shaxs tomonidan 186244 ta avtotransport vositalarida yo‘lovchi tashish xizmatlari ko‘rsatilmoqda. Bu haqda Transport vazirligi xabar berdi.
Qayd qilinishicha, bugungi kunda O‘zbekiston bo‘yicha 3928 ta yo‘nalish mavjud bo‘lib, shundan 3176 tasi faoliyat ko‘rsatayotgan bo‘lsa, 750 ta yo‘nalish talabgor yo‘qligi bois to‘xtatilgan.
Aholiga jamoat transporti xizmatlarini ko‘rsatib kelayotgan tashuvchilarning tadbirkorlik faoliyatini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash maqsadida 2023 yil yanvar-iyul oylarida hududlarda norentabel bo‘lgan shahar atrofi va viloyat ichi shaharlararo avtobus yo‘nalishlarida ko‘rgan zarari o‘rnini qoplash uchun mahalliy budjet mablag‘laridan 7,2 mlrd so‘m subsidiya ajratilgan.
Shuningdek, shahar yo‘nalishlarida fuqarolarning ayrim toifalarining bepul tashilishi oqibatida ko‘rilgan zararning o‘rnini qoplash, shahar yo‘lovchi transportida cheklangan tariflar natijasida ko‘rilgan zarar bo‘yicha jami 2,7 mlrd so‘m qoplab berilgan.
Prezident qarori va dasturlarga muvofiq respublika bo‘yicha jami 2 mingta avtobus xarid qilinishi belgilangan bo‘lib, 1 avgust holatiga 1137 ta yangi avtobus (Toshkent shahri 1 mingta, hududlar 137 ta) keltirilib, yo‘lovchi tashish yo‘nalishlariga joylashtirilgan.
Mavzuga oid

20:24 / 20.05.2025
Sergeli va Yunusobodni tezyurar avtobus yo‘lagi bog‘laydi. Loyiha qiymati – 50 mln dollar

16:21 / 16.05.2025
Bir qancha avtovokzal va avtostansiyalarga yangi nom berish taklif etildi

19:08 / 13.05.2025
Toshkentda avtobuslar uchun yo‘l o‘rtasidagi birinchi tezyurar yo‘lak qurilishi boshlanadi

07:39 / 08.05.2025