O‘zbek lazgisi Moskvani ham zabt etdi
O‘zbek milliy raqs san’ati namunasi bo‘lmish “Lazgi – muhabbat va qalb raqsi” balet spektaklining dunyo sahnalaridagi ijrosi davom etmoqda. 10 sentabr kuni Rossiya Katta teatrida balet premerasi bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston prezidentining yordamchisi Saida Mirziyoyeva buni O‘zbekiston va Rossiyaning yangi tarixidagi “muhim voqea” deb atadi.
Uning yozishicha, YuNeSKOning insoniyat nomoddiy madaniy merosi ro‘yxatiga kiritilgan qadimiy Xorazm raqsi – “Lazgi”ga bag‘ishlangan spektakl tomoshabinlarni raqsga va hayotning o‘ziga bo‘lgan muhabbat tarixi bilan yaqindan tanishtiradi.
Saida Mirziyoyeva balet premerasini RF Federal majlisi Federatsiyalar kengashi raisi Valentina Matviyenko bilan birgalikda tomosha qilgan.
Mavzuga oid

11:47 / 03.06.2025
Moskvada patenti bor shaxs Moskva viloyatida ishlashi mumkin bo‘ladi

11:21 / 29.05.2025
Ukraina droni Moskvadagi ko‘p qavatli turar joy binosiga borib urildi

08:25 / 28.05.2025
Sobyanin: Moskva yaqinida 30 dan ortiq dron yo‘q qilindi

20:35 / 27.05.2025