Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Prezident elektron hukumatni rivojlantirish bo‘yicha takliflarni ko‘rib chiqdi
Shavkat Mirziyoyev 13 sentabr kuni elektron hukumatni rivojlantirish chora-tadbirlariga oid taqdimot bilan tanishdi.

O‘zbekistonda davlat boshqaruvi, iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy xizmatlarni raqamlashtirish, BMT elektron hukumat reytingida yuqori o‘ttiztalikka kirish vazifasi qo‘yilgan. Ushbu reyting (e-Government Development Index) mamlakatlarda soha rivojini ko‘rsatuvchi xalqaro indeksdir. Uning ahamiyatli jihati, aholi va davlat o‘rtasida elektron muloqotni kengaytirish, xizmatlarni qulaylashtirish, mamlakatning investitsiyaviy jozibadorligini oshirishga xizmat qiladi. O‘zbekiston o‘tgan yili reytingda 69-pog‘onada qayd etilgan.
Reytingda yuqoriga ko‘tarilish uchun xorijlik ekspertlar ishtirokida, xalqaro metodologiya asosida 6 ta yo‘nalish bo‘yicha 53 ta tadbirdan iborat «yo‘l xaritasi» ishlab chiqilgan. Unda onlayn xizmatlar bo‘yicha 112 ta ko‘rsatkichni yaxshilash, 2024 yilda raqamli 700 ta xizmatni ishga tushirish va barchasini my.gov.uz portaliga jamlash, aholi maskanlari va avtomagistral yo‘llarni yuqori tezlikdagi internet bilan ta’minlash nazarda tutilmoqda.
Bu jarayonlarni ilmiy-huquqiy ta’minlash, hamkorlar bilan ishlab, kamchiliklarni bartaraf etib borish maqsadida «Raqamli O‘zbekiston – 2030» strategiyasi bo‘yicha komissiyasi huzurida Loyiha ofisi tashkil etiladi.
Davlat rahbari bu takliflarni ma’qullab, onlayn xizmatlarni va yuqori texnologiyalar sohasida inson kapitalini rivojlantirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi. Raqamli texnologiyalar vaziriga BMT Departamentiga (UNDESA) taqdimot qilib, O‘zbekistonning reytingdagi o‘rnini yaxshilashni asoslash topshirildi.
Mavzuga oid

16:53
Barcha tashkilot va mahallalardagi asossiz qo‘yilgan taqiqlovchi belgilarni olib tashlash topshirildi

16:33
«Surunkali qoidabuzarlar»: muntazam ravishda qoidabuzarlik qiladigan haydovchilarga jarimadan chegirma berilmaydi

16:28
«Men ham 15–20 daqiqa tirbandlikda turdim» – prezident

15:36