Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qirg‘izistonning bug‘doy va un eksportini taqiqlashi O‘zbekiston bozoriga ta’sir ko‘rsatmaydi – Qishloq xo‘jaligi vazirligi
Qirg‘iziston O‘zbekistonning bug‘doy va don mahsulotlari asosiy importyori emasligi aytildi.

Foto: Shutterstock
Qirg‘izistonda bug‘doy uni va doni eksportiga 6 oy muddatga taqiq joriy etildi. Mazkur qaror oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash va oziq-ovqat mahsulotlarining bozor narxlarini barqarorlashtirish maqsadida qabul qilingani aytilmoqda.
O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi vazirligi bergan ma’lumotga ko‘ra, Qirg‘iziston O‘zbekistonning bug‘doy va don mahsulotlari asosiy importyori emas.
«Aslida ko‘p mamlakatlar bu kabi usulni qo‘llash orqali, o‘z mamlakatlaridagi oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashga va yangi hosil yetishguniga qadar balans saqlashga harakat qilishadi. Qirg‘izistonning bug‘doy va don mahsulotlari O‘zbekiston bozoridagi eksport ulushi kam bo‘lgani uchun, bozordagi narx-navoga salbiy ta’sir o‘tkazmaydi, deb hisoblash mumkin», dedi Qishloq xo‘jaligi vazirligi axborot xizmati rahbari Dilshod Nazirov.
Qo‘shimcha qilinishicha, o‘tgan 8 oy davomida Qirg‘izistondan jami 1,5 ming tonna bug‘doy O‘zbekistonga import qilingan.
Mavzuga oid

18:19 / 10.07.2025
«Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston» temir yo‘li qurilishiga O‘zbekiston kompaniyalari ham jalb qilinishi mumkin

14:57 / 07.07.2025
Tojikiston «Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston» temir yo‘li loyihasiga qo‘shilmoqchi

20:14 / 03.07.2025
Qirg‘iziston aholi daromadlarining o‘sishi bo‘yicha Markaziy Osiyoda 1-o‘ringa chiqdi. Nimaning hisobiga?

15:47 / 01.07.2025