Toshkentdagi ayrim savdo majmualarida o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazilmoqda
O‘quv mashg‘ulotlari shaharda tinchlik va osoyishtalikni ta’minlash, odamlar gavjum joylarda xavfsizlik qoidalariga rioya etilishini tekshirish maqsadida amalga oshirilmoqda.

Foto: Toshkent shahar IIBB
Poytaxtda joylashgan ayrim savdo majmualarida Toshkent shahar IIBB, Milliy Gvardiya va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari bilan hamkorlikda belgilangan rejaga muvofiq navbatdagi o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazilmoqda.
Toshkent shahar IIBB xabariga ko‘ra, o‘quv mashg‘ulotlari shaharda tinchlik va osoyishtalikni ta’minlash, shuningdek, odamlar gavjum joylarda xavfsizlik qoidalariga rioya etilishini tekshirish maqsadida amalga oshirilmoqda.
“Hurmatli fuqarolar! Xavfsizlik qoidalariga rioya etishingizni va xavotirga berilmasligingizni hamda vaqtinchalik noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz. Barcha harakatlar shahrimizning tinchlik va osoyishtaligini ta’minlash maqsadida o‘tkazilmoqda”, deyiladi ma’lumotda.
Mavzuga oid

11:16
Toshkentda 22 yoshli yigit ko‘chada tanishini pichoqladi

09:39 / 23.05.2025
Bo‘rijardagi fojia. Odamlar xavfsizligi oxirgi o‘rindami?

19:00 / 22.05.2025
Toshkentdagi “Gumma-Xonim ” ovqatlanish markazi buyurtmalar uchun call-markazni ishga tushirdi

18:50 / 22.05.2025