Toshkent metrosida beshta vagonli poyezdlar soni ko‘paytiriladi
Metropoliten rasmiysiga ko‘ra, beshta vagonli harakat tarkiblarining soni hozirgi 6 tadan yil oxirigacha 13 taga yetkaziladi.

Toshkent metrosida tig‘iz vaqtlardagi tirbandliklarni kamaytirish uchun beshta vagonli harakat tarkiblari soni 2023 yil oxirigacha ikki barobarga ko‘paytiriladi.
Bu haqda Toshkent metropoliteni bosh muhandisi Abdutohir Abduqodirov 11 oktyabr kungi matbuot anjumanida ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, metropolitenda beshta vagonli tarkiblar harakati 2022 yildan boshlab “O‘zbekiston” yo‘nalishida tajriba tariqasida yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, hozirda bunday tarkiblar soni 6 taga yetgan.
Yil so‘ngiga besh vagonli tarkiblar boshqa yo‘nalishlar, xususan yo‘lovchi oqimining 60-70 foizini sig‘dirayotgan “Chilonzor” liniyasida ham harakatlana boshlaydi. Jami 7 ta poyezdning vagonini bittaga ko‘paytirish, shu orqali borlarining hisobi bilan jami 13 ta harakat tarkibini besh vagonli shaklga o‘tkazish ko‘zda tutilgan.
Abdutohir Abduqodirovning aytishicha, vagonlarni uzaytirish tajribasi uchun “O‘zbekiston” yo‘nalishining tanlanganiga sabab – bu yo‘nalishda yo‘lovchilarning kamligi va temiryo‘lning relefi bo‘lgan.
“Eksperiment sifatida ishlatib ko‘ramiz, har holda relef degan narsa bor. Bu jarayonda poyezdlarning past-balandlikka chiqishi ham hisobga olingan holda tajriba-sinov tariqasida “O‘zbekiston” liniyasida qilingan”, – deydi metropoliten bosh muhandisi.
Mavzuga oid

22:35 / 05.07.2025
Toshkentda tilanchilik bilan shug‘ullangan 70 kishiga ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi

11:06 / 05.07.2025
Atirau-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha aviareyslar yo‘lga qo‘yiladi

14:31 / 04.07.2025
Toshkent metrosining 13 ta bekatida vestibyulning bir tomonidagi kassa yopildi

19:49 / 03.07.2025