Shavkat Mirziyoyevning Qirg‘izistonga amaliy tashrifi yakunlandi
O‘zbekiston prezidenti Toshkentga qaytdi.

Shavkat Mirziyoyevning Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi sammitida ishtirok etish uchun Qirg‘izistonga amaliy tashrifi yakunlandi. Davlat rahbari Toshkentga qaytdi.
«Manas» xalqaro aeroportida davlat rahbarini Qirg‘iziston Vazirlar Mahkamasi raisi, prezident administratsiyasi rahbari Oqilbek Japarov va boshqa rasmiy shaxslar kuzatib qo‘ydi.
O‘zbekiston prezidenti tashrif davomida MDH Davlat rahbarlari kengashining navbatdagi majlisida ishtirok etdi hamda Hamdo‘stlik doirasidagi o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada kengaytirish bo‘yicha qator muhim tashabbuslarni ilgari surdi.
Do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va ko‘p qirrali hamkorlik munosabatlarini mustahkamlashga qo‘shgan ulkan hissasi uchun O‘zbekiston yetakchisiga tashkilotning oliy mukofoti – MDH Faxriy nishoni topshirildi.
Sammit doirasida Shavkat Mirziyoyev Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Mavzuga oid

18:01 / 06.06.2025
FIFA prezidenti Shavkat Mirziyoyevga maktub yo‘lladi

11:31 / 06.06.2025
O‘tkirbek Yusupov 6 marta goldan asradi, buning uchun unga 6 marta minnatdorlik bildiraman - prezident

00:48 / 06.06.2025
Prezident Kapadzega qo‘ng‘iroq qilib, futbolchilarni mundial yo‘llanmasi bilan tabrikladi - video

23:38 / 05.06.2025