Qashqadaryoda avtobusda ro‘y bergan portlashda jabrlanganlar soni ko‘proqligi ma’lum bo‘ldi
Qashqadaryo viloyati SSB xabariga ko‘ra, avtobusda gazballon portlashi oqibatida 8 kishi kasalxonaga yotqizilgan, ulardan 4 nafari reanimatsiyada. Yana 16 kishiga ambulator yordam ko‘rsatilgan.
15 oktyabr kuni Qashqadaryo viloyati Muborak tumanida yo‘lovchi avtobusda gazballoni portlashi oqibatida jabrlanib, shifoxonaga yotqizilganlar soni ikki barobar ko‘proqligi ma’lum bo‘ldi. Qashqadaryo viloyati Sog‘liqni saqlash boshqarmasi xabariga ko‘ra, Muborak tumani tibbiyot birlashmasiga shu kuni soat 17:30 lar atrofida 24 nafar bemor olib kelingan.
Shundan 16 nafariga ambulator yordam ko‘rsatilib, uyiga javob berilgan. 4 nafar bemor turli jarohatlar bilan jarrohlik bo‘limida nazoratda qoldirilgan. 4 nafar bemor reanimatsiya bo‘limiga yotqizilib, jarrohlik amaliyoti o‘tkazilgan. Vafot etganlar yo‘q.
Vaziyat viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasining qat’iy nazoratiga olingani qayd etilgan.

Bundan oldinroq O‘zbekiston FVVning Muborak tumanidagi portlash to‘g‘risidagi xabarida 4 kishi o‘rtacha og‘irlikdagi jarohatlar bilan kasalxonaga yotqizilgani ma’lum qilingandi.
Mavzuga oid

13:59 / 05.06.2025
Qozog‘istonda O‘zbekiston fuqarolari bo‘lgan avtobusda yong‘in chiqdi

20:22 / 29.05.2025
Buxoro uchun Xitoydan 27 ta zamonaviy avtobus xarid qilindi

08:41 / 29.05.2025
Ko‘p qavatli "dom"larda hisoblagich o‘rnatmasdan gazdan noqonuniy foydalanish holati aniqlandi

21:28 / 22.05.2025