O‘zbekiston | 14:30 / 17.10.2023
4910
6 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda Ipak yo‘li mamlakatlari direktorlarining biznes sammiti bo‘lib o‘tadi

19 oktyabr kuni Toshkentdagi Hilton Tashkent City mehmonxonasida Ipak yo‘li mamlakatlari direktorlarining II Xalqaro biznes sammiti bo‘lib o‘tadi. Bu Markaziy Osiyodagi asosiy biznes tadbir bo‘lib, kompaniya rahbarlari va biznes egalarini ilg‘or tajriba va eng yaxshi amaliyot almashish uchun birlashtiradi.

Bu yil Sammit xalqaro investitsiyalarni jalb qilish, IPO, Kuzatuv kengashlari va direktorlar kengashlarini professionallashtirish, shuningdek, yangi iqtisodiyotda kompaniyalar va moliya institutlarini raqamlashtirish masalalariga bag‘ishlanadi. Tadbirda top-menejyerlar, yirik mahalliy, mintaqaviy va xalqaro kompaniyalarning egalari, davlat sektori vakillari va global ekspertlar ishtirok etib, Markaziy Osiyo, Kavkaz va MENA mamlakatlari iqtisodiyoti va boshqaruvini o‘zgartirish bilan bog‘liq dolzarb tendensiyalar va muammolarni ko‘rib chiqadilar.

Sammitning asosiy maqsadi biznes, direktorlar, mulkdorlar, investorlar va davlat o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlik uchun xalqaro platformani yaratishdan iborat bo‘lib, u ishtirokchi mamlakatlar iqtisodiyotida rejalashtirilgan o‘zgarishlarga o‘z hissasini qo‘shadi.

Sammit Ipak yo‘li mamlakatlarida korporativ boshqaruv instituti va direktorlar kengashi (SR BGI) tomonidan Professional direktorlar assotsiatsiyasi (APD) va TEAM universiteti bilan hamkorlikda Mastercard, Arthur Consulting, CROS, FDG va boshqa tashkilotlar ko‘magida tashkillashtirilmoqda.

 Sammit dasturi bugungi kunda mintaqa mamlakatlari iqtisodiyoti va biznesi duch kelayotgan muammolarni hisobga olgan holda ishlab chiqilgan. Panel sessiyalarda ekspertlar quyidagi mavzularni muhokama qiladilar:

  • Davlat, biznes va korporativ boshqaruv: yangi imkoniyatlar va o‘yin qoidalari;
  • Direktorlar kengashlarini shakllantirish: rasmiyatchilikdan qadriyatgacha;
  • “Yangi iqtisodiyot” va boshqaruvga yangi yondashuvlar.

Sammitning asosiy ma’ruzachilari:

  • Zafar Hoshimov, “Korzinka” supermarketlar tarmog‘i asoschisi va egasi;
  • Denis Filippov, Mastercard kompaniyasining O‘zbekistondagi bosh menejyeri;
  • Adolat Abdumanapova, Markaziy Osiyo va Turkiyada ekologik, ijtimoiy va boshqaruv amaliyotlarini rivojlantirish boyicha loyiha menejyeri, IFC;
  • Yekaterina Shavgulidze, “Ipak yo‘li” ATB mustaqil direktori;
  • Gregg Robins, “O‘zsanoatqurilishbank” ATB mustaqil direktori;
  • Filipp Gudgin, SR BGI maslahat kengashi raisi;
  • Nodirbek Vohidov, KPMG boshqaruvchi hamkori;
  • Korporativ boshqaruv sohasidagi boshqa taniqli mutaxassislar.

Sammitning asosiy voqealaridan biri “Kelajak yaqin: unga qanday tayyorgarlik ko‘rish kerak?” mavzusidagi “Kelajakka tayyorgarlik instituti” (BAA) bosh direktori, dekani va hammuassisi Selina Nerining nutqi bo‘lishi kutilmoqda. Xalqaro ekspert mintaqa, iqtisodiyot, kompaniyalar va direktorlar kengashlari rivoji bo‘yicha istiqbolli nuqtai nazarini taqdim etadi.

Sessiyalar oralig‘ida ishtirokchilarga boshqaruv va investitsiya bozoridagi xalqaro tendensiyalar, shuningdek, Markaziy Osiyoda professional direktorlar hamjamiyatini rivojlantirishning asosiy tendensiyalari mavzusida fireside chats (norasmiy, kamin yonidagi suhbatlar) formatida intervyular taqdim etiladi.

“Muvaffaqiyatli kompaniyalar doimo rivojlanish va o‘sish imkoniyatlarini izlaydilar. Bugungi kunda katta salohiyatga ega eng qiziqarli bozorlardan biri bu Yevroosiyo. Qarama-qarshi harakat mavjud mintaqa davlatlari, ayniqsa, O‘zbekiston ochiqlik va yangi biznes tafakkuriga tayyorligini ko‘rsatmoqda. Biz sammitni kelajakka intilayotgan, hozirda mintaqa ravnaqi uchun zamin yaratayotgan va butun dunyoda katta o‘zgarishlarni amalga oshirgan, jadal o‘sish, investitsiyalarni jalb etish va global kompaniyalarni yaratish bo‘yicha muvaffaqiyatli tajribaga ega bo‘lganlarni birlashtirish uchun o‘tkazmoqdamiz”, - deb ta’kidladi Ipak yo‘li mamlakatlarida korporativ boshqaruv instituti va direktorlar kengashi (SR BGI) rahbari Aleksandr Ikonnikov.

“Sammitning asosiy mavzusi korporativ boshqaruv bo‘lib, u kam o‘rganilgan konsepsiyadan strategik boshqaruv bo‘yicha keng qamrovli qarorlar to‘plamiga o‘tishi kerak. Jahon amaliyoti va mintaqaning madaniy xususiyatlari chorrahasida paydo bo‘ladigan korporativ boshqaruv modeli qanday bo‘lishi yaqin yillarda oydinlashadi. Katta ehtimol bilan, u an’anaviy modellardan farq qiladi va madaniyatlararo nyuanslarni hisobga oladi”, deb ta’kidladi MDA Akademiyasi hammuassisi Igor Rozanov.

“Agar korxonalar korporativ boshqaruv samaradorlikni oshirishga yordam berishini va uzoq muddatli farovonlik asosiga aylanishini anglab yetsa, tadbirkorlar bunga vaqt va resurslarni sarflashni boshlaydilar. Ilgari bu yo‘lni bosib o‘tganlar paydo bo‘la boshlaydi. Ulardan ba’zilari maslahat berishi mumkin, boshqalari esa sifatli boshqaruvni qurishda yordam berishi mumkin”, - deya qo‘shimcha qildi biznes sammit hammuassisi, TEAM universiteti asoschisi Hikmat Abdurahmonov.

Tadbirning rasmiy sayti: silkroadsummit.org orqali ro‘yxatdan o‘tib sammit ishtirokchisi bo‘lishingiz mumkin.

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid