Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston 9 oyda Rossiyaga 2,3 mlrd dollarlik mahsulotlar sotdi
O‘zbekiston eksportidagi top-10 davlatlar ma’lum qilindi.

Foto: Kun.uz
2023 yilning yanvar-sentabr oylarida O‘zbekiston eksportida yuqori ulushga ega bo‘lgan hamkor davlatlar to‘g‘risida ma’lumot berildi.
Statistika agentligining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, ko‘rsatilgan davrda O‘zbekiston eksportida eng yuqori ko‘rsatkich Rossiya bilan qayd etilgan – 2,3 mlrd dollar.
Undan keyingi o‘rinlardan mos ravishda 1,9 mlrd hamda 1,1 mlrd dollar mahsulotlar eksport qilingan Xitoy va Qozog‘iston joy oldi.
Ushbu ko‘rsatkich qolgan davlatlar kesimida quyidagicha ko‘rinishga ega:
- Turkiya – 1 mlrd;
- Afg‘oniston – 609 mln;
- Qirg‘iziston – 537 mln;
- Tojikiston – 437 mln;
- Fransiya – 308 mln;
- BAA – 191 mln;
- Pokiston – 186 mln AQSh dollari.
Mavzuga oid

15:15
Yevropaning eng yirik porti Rossiya bilan urushga tayyorlanmoqda – OAV

15:02
Rossiyada «Golos» harakati o‘z faoliyatini to‘xtatganini e’lon qildi

14:52
Nijniy Novgorod aeroportida migrantlarni markirovka qilish boshlandi

13:26