JSST: Isroilning G‘azodagi «Al-Quds» kasalxonasini evakuatsiya qilish talabi juda xavotirli
Sog‘liqni saqlash xizmatlari har doim xalqaro humanitar huquqqa muvofiq himoyalangan bo‘lishi kerak, dedi Tedros Adxanom Gebreyyesus.

Foto: Anadolu Agency
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) bosh direktori Tedros Adhanom Gebreyyesus Isroilning G‘azodagi Falastin Qizil Yarim Oy jamiyatining «Al-Quds» kasalxonasini bombardimon qilish tahdididan chuqur xavotir bildirdi.
X ijtimoiy tarmog‘idagi postida Gebreyyesus G‘azo Isroilning shiddatli hujumlari ostida ekanini eslatdi.
«Falastin Qizil Yarim Oy jamiyatidan Isroilning G‘azodagi «Al-Quds» kasalxonasini evakuatsiya qilish talabi haqidagi xabari nihoyatda xavotirli», dedi Gebreyyesus. U odamlar hayotini xavf ostiga qo‘ymasdan bemorlar bilan to‘lgan shifoxonalarni evakuatsiya qilishning iloji yo‘qligini ta’kidladi.
«Sog‘liqni saqlash xizmatlari doimo xalqaro insonparvarlik huquqiga muvofiq himoya qilinishi kerak», deya qo‘shimcha qildi Gebreyyesus.
Falastin Qizil Yarim oy jamiyati yozma bayonotida shunday deyiladi: «Isroil askarlari G‘azodagi «Al-Quds» kasalxonasini bombardimon qilish bilan tahdid solib, evakuatsiyani talab qildi. Kasalxona atrofi ertalabdan beri o‘qqa tutilmoqda».
Mavzuga oid

17:55 / 21.05.2025
G‘arbning asosiy davlatlari Falastinni tan olmoqchi. Bu nimani o‘zgartiradi?

13:45 / 21.05.2025
Isroilga iqtisodiy bosim: Yevroittifoq savdo imtiyozlarini qayta ko‘rib chiqadi. Britaniya erkin savdo bo‘yicha muzokaralarni to‘xtatdi

10:24 / 19.05.2025
Isroil G‘azoga yana gumanitar yordam yetkazishga ruxsat berdi

22:36 / 17.05.2025